Breaking News

Shimoliy Kavkazda 49 jangari o'ldirildi; muxolifat siquvda


Ingushetiya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi
Ingushetiya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi
Rossiya maxsus kuchlari Shimoliy Kavkazda aksil-terror amaliyot davomida 49 jangarini yo’q qilgani haqida ma’lum qilmoqda. 30 jangari qo’lga olingan, ularning 90 ga yaqin bazalari yo’q qilinib, mintaqa bo’ylab qurol omborlari musodara etilgan. Operatsiya qancha davom etgani aytilmayapti.

O’tgan hafta prezident Vladimir Putin xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan uchrashib, Sochida 2014-yil Qishki Olimpiya o’yinlaridan oldin mahalliy jangarilarga qarshi chora ko’rib, musobaqa xavfsizligini ta’minlashni buyurgan.

Kecha, shuningdek, muxolifat yetakchilaridan biri Leonid Razvozjayev ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlik va may oyida Moskvada hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etganlik aybi bilan hibsga olingan.

Razvozjayev "Adolatli Rossiya" partiyasi raisi o'rinbosarining yordamchisi bo'lib, tergovchilarga ko'ra, aybiga iqror bo'lgan.

Uning tarafdorlariga ko'ra, Razvozjayev siyosiy boshpana so'rash uchun Ukrainaga borganida o'g'irlanib, Rossiyaga keltirilgan. Faolning internetga qo'yilgan videoda hayqirishicha, uni qiynashgan va o'g'irlashgan.

Partiya rahbari Sergey Udalsov va yana bir a'zosi Konstantin Lebedev ham hibsda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG