Rossiyada millatchilar musulmon oblastlaridan qutulishga undadi

  • Amerika Ovozi

Namoyishchilarni yuzlab xavfsizlik xodimlari qurshab olgan, shu yaqin atrofda politsiya mashinalari qonunbuzarlarni tutishga shay edi

Namoyishchilarni yuzlab xavfsizlik xodimlari qurshab olgan, shu yaqin atrofda politsiya mashinalari qonunbuzarlarni tutishga shay edi

Rossiyada kecha Milliy Birdalik Kuni minglab millatchilar yurish qilib, musulmon oblastlaridan, ayniqsa, tatar, boshqird, chuvash, yoqut kabilardan qutulishga da’vat etgan.

Chor Rossiyasi bayrog’ini ko’targan 7 ming kishi poytaxt Moskvada ko’chalaridan o’tgan, “Muhojirlar bosqinchi”, “Ozod Rossiya”, “Qudratli Rossiya” kabi shiorlar yangragan. Bu namoyish politsiyaning kuchli nazorati ostida o’tgan. Davlat televideniyesida bu haqda biror xabar berilmagan.

Rossiyada millatchilar musulmon oblastlaridan qutulishga undadi

Rossiyada millatchilar musulmon oblastlaridan qutulishga undadi

Kreml millatchilikni ko’p hollarda G’arbga qarshi guruhlar pozitsiyasi deya himoya qiladi. Holbuki, namoyishchilar, ichki muammodan shikoyat qiladi, xususan, Markaziy Osiyodan kelayotgan immigrantlarga qarshi.

Parlament saylovlariga bir oy qolar ekan, Kreml millatchilardan qo’rqib, ular bilan hisoblashisi kerak.

Bu kayfiyatni susaytirish maqsadida o’tgan hafta sud rossiyalik olti musulmonni qamoqqa mahkum etidi. Ular 2010-yilda futbol o’yini ketidan bir rusni o’ldirganlikda aybdor deb topildi.

Shu bilan birga, millatchi guruhlar yetakchilaridan biri ushlanib, elatlarado adovatni avj oldirayotganlikda ayblandi.

Rossiyada millatchilar musulmon oblastlaridan qutulishga undadi

Rossiyada millatchilar musulmon oblastlaridan qutulishga undadi

Namoyishchilarni yuzlab xavfsizlik xodimlari qurshab olgan, shu yaqin atrofda politsiya mashinalari qonunbuzarlarni tutishga shay edi.

Muxolifatchi Vladimir Rijkovning aytishicha, Kreml parlament saylovlari kampaniyasi davomida avvaliga millatchilarni himoyasiga olib, ularni yoqlagan, biroq keyin fikri o’zgargan.

“Siyosatchilar elatlaro ziddiyatni qurol qilsa, Rossiya portlaydi. Rossiyada minglab elat, xalqlar yashaydi, axir!” – deydi Rijkov.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG