Rossiya Ukraina chegarasida qo’shinlarini oshirmoqda

  • Amerika Ovozi

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Rossiyani Ukrainaga qo’shin kiritmang deya ogohlantirmoqda.

Kiyevga tashrif buyurgan rasmiy fikricha, rus askarlari tinchlikparvarlik operatsiyasi bahonasida chegarani kesib o’tishi mumkin. Chegarada 20 mingga yaqin rus zobitlari shay holatda turibdi.

Rasmussenga ko’ra, NATO Rossiyaning “agressiyasini” qaytarishda Ukrainaga maslahatchilarni safarbar etishga va boshqa yordam ko’satishga tayyor.

NATO rahbari Kiyevda prezident Petro Poroshenko va Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk bilan muloqot qildi. Uchrashuvlarda Ukrainaning mudofaa salohiyatini oshirish, xususan logistika va kommunikatsiya bobida tashkilotdan ko’mak olish muhokama qilingan.

Bu orada, Ukraina sharqida janglar yana avj olgani bois golland mutaxassislari samolyot qulagan joyda tergov ishlarini to’xtatishga majbur bo’ldi. Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte ularni chaqirib olishga ko’rsatma bergan.

Prezident Barak Obama kecha jurnalistlar bilan suhbatda Rossiyaga qo’yilgan sanksiyalar ta’sirini tilga oldi.

“Rossiya iqtisodiyoti kuchli bosim ostida, taxminan 200 milliard dollarga teng kapital mamlakatni tark etgan”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG