NATO harakatlariga javoban Rossiya g'arbiy sarhadlariga qo'shin tortadi

  • Amerika Ovozi

“NATO Rossiyaga chegaradosh hududlarda o’z kuchlarini joylashtirayotganiga javoban Mudofaa vazirligi qator chora-tadbirlar ko’rayapti”, - deydi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

“NATO Rossiyaga chegaradosh hududlarda o’z kuchlarini joylashtirayotganiga javoban Mudofaa vazirligi qator chora-tadbirlar ko’rayapti”, - deydi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

NATO Sharqiy Yevropaga harbiy yordamni oshirar ekan, Rossiya ham chegara hududlarda qo’shinlarini ko’paytiradi. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bu haqda Moskvada o’tgan yig’ilishda so’zladi.

“NATO Rossiyaga chegaradosh hududlarda o’z kuchlarini joylashtirayotganiga javoban Mudofaa vazirligi qator chora-tadbirlar ko’rayapti”, - deydi Shoygu.

Yil oxiriga borib, Rossiyaning g’arbiy va janubiy sarhadlarida uch yangi harbiy diviziya barpo etiladi. Ayni paytda bazalarni qurish ishlari davom etmoqda, dedi mudofaa vaziri.

Sergey Shoygu qo’shin soni va ular aynan qayerda joylashishi haqida og’iz ochmadi. Rossiya matbuoti yil boshida 30 ming sonli batalyonlar tuzilishi haqida xabar bergan edi.

NATO alyansi Rossiyadan xavfsirayotgan a’zolarini himoya qilish maqsadida o’tgan yildan buyon yirik harbiy mashg’ulotlar o’tkazadi. Kreml ham javob choralari ko’rishini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG