Navalniy: Putin muxolifat ovozini tamoman o'chirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Rossiyalik muxolif siyosatchi va blogger Aleksey Navalniy

Rossiyalik muxolif siyosatchi va blogger Aleksey Navalniy

Korrupsiyaga qarshi qarashlari bilan tanilgan muxolif siyosatchi va blogger Aleksey Navalniyning aytishicha, Prezident Vladimir Putin “nomaqbul nodavlat tashkilotlar” haqidagi qonun bilan muxolif guruhlarning ovozini o’chirmoqchi. Yangi tartibga ko’ra, mamlakat prokurori Rossiya xavfsizligiga va konstitutsiyaviy tuzumga tahdid soluvchi deb topgan har qanday chet el tashkiloti faoliyatini taqiqlab qo’yishi mumkin.

Blogger fikricha, bu o’zgarishlar Putinning hokimiyatini mustahkamlashga va muxolifatni yo’q qilishga qaratilgan.

“Buning 2015 va 2016-yilgi saylovlrga jiddiy aloqasi bor, - deydi Navalniy. – Kremlin uchun odamlarga nafaqat moliyaviy yordam beruvchi, balki ularni bir joyga yig’ib turli tadbirlar o’tkazuvchi va intellektual markaz vazifasini bajaruvchi har qanday nodavlat tashkilotini yo’q qilish juda muhim. Putin maydonni har qanday uyushgan strukturalardan tozalamoqchi”.

Navalniy Putinga qarshi yuz mingdan ziyod odam qatnashgan namoyish tashkilotchilaridan biri edi. U bir necha bor hibsga olingan, yaqinda uy qamog’idan ozod qilindi.

Kuchli bosim bo’lishiga qaramay, Navalniy va boshqa muxolifat vakillari Rossiyaning kelasi saylovlarida qatnashish huquqini qo’lga kiritish uchun kurashni davom ettirishlarini aytmoqda.

“Meni saylovda qatnashish huquqidan rasman mahrum qilishgan. Mixail Xodorkovskiy ham saylovda qatnasha olmaydi. Men boshqargan partiyaga nafaqat saylovda ishtirok etishni taqiqlashdi, balki uni butunlay yo’q qilishdi”, - deydi u.

Shu bois, deydi muxolifatchi, hozir asosiy e’tibor saylovda qatnashish kabi asosiy huquqlarni qo’lga kiritishga qaratilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG