Rossiyada xorij agenti bo’lishdan bosh tortgan tashkilotga jarima solindi

  • Amerika Ovozi

"Golos" nodavlat tashkiloti saylovlar monitoringi bilan shug'ullanadi.

"Golos" nodavlat tashkiloti saylovlar monitoringi bilan shug'ullanadi.

Saylov monitoringi bilan shug’ullanuvchi “Golos” tashkiloti Rossiyada kuchga kirgan yangi qonun doirasida jarimaga tortilgan ilk nodavlat tashkiloti bo’ldi.

Moskva sudi hukmiga ko’ra, chetdan pul oladigan “Golos” “xorij agenti” deb ro’yxatdan o’tishi kerak edi, lekin buni bajarmagan.

Yangi qonun noyabrda kuchga kirgan edi.

“Golos” ya’ni “Ovoz” tashkiloti 300 ming rubl (taxminan 10 ming dollar) jarimaga tortildi.

Sud hukmida aytilishicha, nodavlat tashkiloti Norvegiyaning Xelsinki Qo’mitasidan 50 ming yevro, ya’ni 65 ming dollar mukofot puli olgan.

Qo’mita o’z qarashlari uchun ta'qibga uchragan insonlarni qo’llab-quvvatlaydi.

“Golos”ning ijrochi direktori Lilia Shibanova ham 100 ming rubl, ya’ni 3,200 dollar jarima to’lashi kerak bo’ladi.

“Golos”ning bildirishicha, xorijdan mablag’ olib, siyosatga bosh qo’shgan nodavlat tashkilotlardan chet el agenti sifatida ro’yxatdan o’tishni talab qiluvchi yangi hujjat unga taalluqli emas.

Chunki tashkilot qonun kuchga kirganidan beri xorijdan pul olmagan.

Reychel Denber “Human Rights Watch” ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha bo’limi rasmiysi.

Uning so’zlariga ko’ra, chet el agenti degan tushuncha Rossiyada g’anim, xoin deya ko’riladi, zararli, xufiya bir odam ko’z oldiga keltiriladi.

“Golos” rahbari Shibanova masalani yuqori sudlarda muhokamaga olib chiqmoqchi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG