AQShning ikki nodavlat tashkiloti Rossiyadan haydaldi

  • Amerika Ovozi

Rossiyadagi nodavlat tashkilotlarga qarshi siyosatdan norozi namoyishchi, Moskva, 6-iyul 2012-yil.

Rossiyadagi nodavlat tashkilotlarga qarshi siyosatdan norozi namoyishchi, Moskva, 6-iyul 2012-yil.

Rossiya Bosh prokuraturasi ikki AQSh nodavlat tashkilotini “Rossiya Federatsiyasi hududida faoliyati istalmagan” tashkilotlar ro’yxatiga qo’shdi.

Xalqaro respublikachilar instituti va Media taraqqiyoti sarmoyasi fondi “Rossiya Federatsiyasining konstitutsion tizimi va davlat xavfsizligiga tahdid”, deya topilgan.

Xalqaro respublikachilar instituti Vashingtonda joylashgan, AQSh Kongressidan mablag’ olib faoliyat yuritadi. Uning direktorlar kengashini senator Jon Makkeyn boshqaradi. Makkeyn 2008-yilda AQSh prezidentligiga da’vo qilgan edi.

Institutga ko’ra, uning faoliyati “demokratiya yo’q bo’lgan o’lkalarda uni targ’ib qilish, xavf ostida bo’lgan mamlakatlarda esa samaraliroq bo’lishida yordamlashishdan iborat”.

Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Media taraqqiyoti sarmoyasi fondi “murakkab vaziyatda faoliyat yuritayotgan mustaqil axborot va informatsion bizneslarga arzon moliyaviy va texnika yordamini ko’rsatadi”.

Mart oyida Rossiya Bosh prokuraturasi AQShda joylashgan Xalqaro aloqalar milliy demokratiya institutini ham “istalmagan tashkilotlar” ro’yxatiga qo’shgan edi.

"Xalqaro amnistiya” tashkilotining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Sergey Nikitinning aytishicha, xalqaro nodavlat tashkilotlariga qarshi qaratilgan so’nggi qadam “aniq maqsadda xizmat qiladi.

"Rossiyadagi nodavlat tashkilotlari va mustaqil ommaviy axborot vositalari xorijdan mablag’ olishni bas qilishi kerak, xorijiy jamg’armalar esa Rossiyaga yaqinlashmasligi lozim. Ularning maqsadi shu”, - deydi u.

2015-yil may oyida Prezident Vladimir Putin prokurorlarga Rossiya konstitutsion tizimi va davlat xavfsizligi uchun tahdid bo’lgan yoki bo’lishi mumkin xorijiy va xalqaro nodavlat tashkilotlarini “istalmagan”lar ro’yxatiga qo’shish huquqini beradigan qonunni imzolagan edi.

“Xalqaro amnistiya” vakili Sergey Nikitinning so’zlariga ko’ra, ushbu qonundan maqsad - “Rossiya fuqarolik jamiyatini ajratib qo’yishga, inson huquqlari himoyachilarini qo’rqitib, erkin matbuotni bo’g’ishga urinmoqda”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG