Rossiya xavfsizlik kuchlari Kavkaz amirini o'ldirgan

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Kavkaz mintaqasidagi islomiy jangari guruhi rahbari o'ldirilgani xabar qilinmoqda. Rossiyaning Milliy terrorizmga qarshi kurash qo'mitasi bergan ma'lumotga ko'ra, Kavkaz amirligi amiri sifatida tanilgan Aliasxab Kebekov yakshanba kuni o'ldirilgan. Dog'istonda o'tkazilgan maxsus amaliyotda u bilan birga yana to'rt jangari yo'q qilingan.

Rossiya matbuotida jangarilar joylashgan uy surati ham tarqatilgan.

Jangarilarga qarashli "Kavkaz Sentr" sayti Kebekovning o'limini tasdiqlagan. Xabarda uning Rossiya kuchlari bilan olishuvda shahid bo'lgani aytiladi.

Asli dog'istonlik bo'lgan Kebekov amirlikning qozisi, ya'ni oliy diniy peshvosi bo'lib, 2014-yil mart oyida chechen amir Doku Umarov o'ldirilgandan so'ng yetakchilikni qo'lga olgan edi.

Kavkaz amirligi Shimoliy Kavkazni Rossiya hukmronligidan ozod qilishni va mintaqada islomiy davlat tuzishni maqsad qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG