Rossiya muxolifati: Maqsad inqilob emas, islohot

  • Amerika Ovozi

Moskva ko'chalarida

Moskva ko'chalarida

Muxolifat tan oladimi yo’qmi, Vladimir Putin may oyidan boshlab prezidentlikka kirishadi. Qishbo’yi norozilik namoyishi qilgan fuqarolar astalik bilan tarqayotgandek.

Moskvadagi muxbirimiz Jeyms Brukning xabar berishicha, oxirgi mitinglarda ularning safi sezilarli darajada siyraklashgan. Xo’sh, oppozitsiya bu yog’iga nima qilmoqchi?

Putinning tarafdorlari

Putinning tarafdorlari

Kelasi olti yil Putin prezident bo’ladi. Lekin, deydi demokratik harakat a’zolari, bugun Rossiya boshqacha kayfiyatda. Hukumatga nisbatan munosabat o’zgargan. Xalq davlat rahbarini savolga tutishni o’rganmoqda. Qo’rquv hissi pasaygan.

Ksenya Sobchak, muxolifat liderlaridan biriga aylangan teleyulduz, Moskvadagi mitingda so’zlar ekan, urg’uni shunga berdi. Xalq uyg’ongani, deydi u, oppozitsya uchun ayni muddao.

“Nimaga qarshi ekanimiz ayon. Nimani talab qilayotganimizni ko’rsata olishimiz kerak. Adliya isloh qilinsin, axborot vositalari mustaqil bo’lsin, tuzum tubdan yangilansin, jamiyat erkinlashsin. Mana shuni tushuntirib bera olmasak, unda hech narsaga erisha olmaymiz”,- deydi Sobchak.

Sankt-Peterburg

Sankt-Peterburg

4-martda o’tgan saylovda Moskvaning markaziy rayonlarida ko’pchilik Putin emas, Mixail Proxorov uchun ovoz bergan. Milliarder Proxorov yangi partiya tuzmoqda.

Siyosiy faol Andrey Xoroshilov nazarida bu tabiiy bir jarayon. Jamoatchilik bir g’oya ostida birlashmoqda.

“Saylovni kuzatganlar, siyosatdan norozi fuqarolar o’z partiyasiga asos solmoqda. Odamlar o’z fikrini ochiq bildira boshlagan”,- deydi u.

Asya Shvidkova, 20 yoshli talaba, universitetdagi o’zgarishlar haqida gapiradi. Yoshlarning siyosatga qiziqishi ortgan, deydi.

Sergey Udaltsov bir million kishilik namoyishga chaqirmoqda

Sergey Udaltsov bir million kishilik namoyishga chaqirmoqda

“O’zgarish haqida ko’p gapiramiz va uni talab qilishni o’rganayapmiz. Shu bois mitinglarga chiqayapmiz”.

Sergey Udaltsov, “So’l Qanot” harakati yetakchisi Putinning inauguratsiyasi oldidan 1 million kishilik namoyish o’tkazishga chaqirmoqda.

Lekin ko’plab muxolifatchilar Udaltsovni quvvatlamayapti.

Maqsad inqilob emas, islohot, deydi ular. Bu bilan oppozitsiya o’rta sinf vakillarini o’ziga qaratmoqchi.

Ko’pchilik keskin o’zgarishlardan qo’rqadi, muammolarga qarshi astalik bilan kurash olib borish tarafdori, deydi Ksenya Sobchak singari liderlarga ergashayotgan fuqarolar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG