"Memorial" Putinni keskin tazyiqlarda ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

Rossiyada huquq himoyachilari hukumat muxolifatga qarshi harakatlarini Sovet rahbari Iosif Stalin qo’llagan uslublarga qiyoslamoqda.

"Memorial" inson huquqlari guruhi prezident Vladimir Putin tanqidchilariga nisbatan tazyiqlar kuchayganini qoralamoqda.

Prezidentga qarshi chiqqan siyosatchilarning hibsga olinishidan tortib “Pussy Riot” rok-guruhiga a’zo ikki qizning panjara ortida qolayotgani – bular Sovet Ittifoqida 1920-30-yillarda qo’llanilgan jazo turlarini eslatadi, deydi faollar.

Rossiya rasmiylari muxolifat bilan repressiyalar tilida gaplashishni afzal ko’radi, deyiladi bayonotda.

Soxta siyosiy ishlar, hibsga olish, sud qilish va ozodlikdan mahrum etish – Stalin uslublari, deydi faollar.

Kremlning bildirishicha, huquq va qonun buzilayotgani yo'q. Tartibsiz va ruxsatsiz namoyishlarga yo'l qo'yilmaydi chunki bu jamoatchilik uchun tahdid, deydi rasmiylar.

"Memorial" bu bayonotni Rossiyada Siyosiy repressiyalar qurbonlari xotirlanayotgan kuni chiqardi.

Siyosatshunos Sergey Karaganov Rossiya Stalin davriga qaytmaydi degan umidda.

“Bu yomon, albatta. Mamlakat og’ir o’tish davrida ekan, tazyiqlar bo’laveradi. Lekin, nazarimda, o’tmishga qaytishning iloji yo’q",- deydi u.

"Stalin davrida 30 million odamning lagerlarda nobud bo’lishining qaytalanishiga yo’l qo’ymaslik kerak”.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG