Breaking News

Mixail Gorbachyov fikricha Putin nimaga qodirligini ko'rsatib bo'ldi


Mixail Gorbachyov fikricha Putin nimaga qodirligini ko'rsatib bo'ldi
Mixail Gorbachyov fikricha Putin nimaga qodirligini ko'rsatib bo'ldi

Sobiq Sovet rahbari Mixail Gorbachyov fikricha, Vladimir Putin prezidentlikka saylansa, Rossiyada vaziyat izdan chiqishi mumkin. Mamlakat beqarorlikka yuz tutadi, deydi u.

82 yoshini qarshilayotgan Mixail Gorbachyov Moskvada universitet talabalari bilan suhbat qurib, mamlakatning bugungi kuni va kelajagi haqida fikr bildirdi.

Keksa arbob deydiki, xalq Putinning lider sifatida nimaga qodir ekanini bilib bo’ldi. Uning atrofidagi odamlar ham nima qilayotgani va qilishi mumkinligini bilamiz, deydi Gorbachyov, korrupsiyaga botgan tizim haqida gapirar ekan.

Vladimir Putin 1999-yildan beri hokimiyat tepasida
Vladimir Putin 1999-yildan beri hokimiyat tepasida
Islohotlar darhol boshlanishi va jadal tarzda olib borilishi lozim, aks holda hozirgi namoyishlar zo’ravonlik tusini olib, butun mamlakatga tarqalishi turgan gap, deydi u.

Sovet Ittifoqida "glasnost" - oshkoralik va "perestroyka" – qayta qurish kabi g’oyalarni tanishtirgan, SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti sifatida tarixga kirgan Gorbarchyov Vladimir Putinni boshidan astoydil quvvatlagan, uning 2000-yillardagi siyosatini maqtagan. Putin Rossiyani yangi davrga olib kirdi, deya olqishlagan.

Mixail Gorbachyov fikricha Putin nimaga qodirligini ko'rsatib bo'ldi
Mixail Gorbachyov fikricha Putin nimaga qodirligini ko'rsatib bo'ldi
4-martda o’tadigan saylovda Putin prezidentlikka saylanishi aniq, deydi tuzumga ishonmaydigan ruslar. Muxolifat keng ko’lamli namoyishlarga hozirlik ko’rmoqda, butun mamlakat bo’ylab. Internetda targ’ibot ishlari avjida.

Mixail Gorbachyov fikricha, Rossiya jamiyati o’zgardi va hukumatga azaliy hamda ko’p jihatdan yangicha talablar qo’ymoqda, birinchi o’rinda oshkoralik va adolat.

Mixail Gorbachyov fikricha Putin nimaga qodirligini ko'rsatib bo'ldi
Mixail Gorbachyov fikricha Putin nimaga qodirligini ko'rsatib bo'ldi
“Putin bugungi Duma va atrofidagi yulg’ich odamlar bilan biror katta o’zgarish qila olmaydi. O’sha siyosat, o’sha yondashuv bo’ladi. Rossiyada bugun nafaqat rahbariyat, balki butun sistema yangilanishi kerak. Mayda emas, katta va shaxdam qadamlar tashlash kerak”,- deydi u.

“Putin Rossiya oldidagi muammolarni qanday qilib yechmoqchi ekanini aniq aytishi, konkret takliflar bilan chiqishi kerak. Dumani butkul o’zgartirish kerak. Guberniyalarning rahbarlarini ham xalq saylashi shart. Bular zarur, o’ta zarur o’zgarishlar”.

Mixail Gorbachyov fikricha Putin nimaga qodirligini ko'rsatib bo'ldi
Mixail Gorbachyov fikricha Putin nimaga qodirligini ko'rsatib bo'ldi
“Putinni yovuz shaxs, yomon rahbar deya olmaymiz. U Rossiya ravnaqi uchun ko’p ishlar qildi, lekin bugun u o’rnini yangi avlodga bo’shatishi kerak”,- deydi Gorbachyov.

Kreml ommaviy namoyishlar boshlanganida ularni kichik va ahamiyatsiz guruhlar deya xalqning hukumatdan norozi ekanini tan olgisi kelmadi. Lekin o’tgan ikki oy ichida Rossiyada yuz minglab odam Putin va uning siyosatini qoralab chiqdi. Ommaning qanday kayfiyatda ekani hukumatga oydek ravshan. Muxolifatning o’ziga ishonchi ortgan.

Moskvaning Bolotnaya maydonida boshlangan miting va namoyishlar va ular davom etayotgani Kremlning ko’zini ochishi kerak, deydi Gorbachyov, ular osonlikcha tinmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG