Vladimir Putin prezident lavozimiga qaytishga shay

  • Amerika Ovozi

Vladimir Putin prezident lavozimiga qaytishga shay

Vladimir Putin prezident lavozimiga qaytishga shay

Rossiya prezidenti va bosh vaziri kelasi yili lavozimlarini almashishi kutilmoqda.

“Yedinaya Rossiya” partiyasi qurultoyida qilingan e’lon “hokimiyat jilovi aslida kimning qo’lida” va “keyingi rahbar kim bo’ladi” qabilidagi qizg’in muhokamalarga xotima yasadi.

2000-2008-yillarda Rossiyani boshqargan Vladimir Putin hali beri hokimiyatdan ketmaydi degan taxminlar rost bo’lib chiqdi. 58-yoshli amaldagi bosh vazir kelasi yilgi prezident saylovlarida g’alaba qilishiga shubha yo’q.

Buning ustiga, yangi konstitutsiyaga muvofiq, bo’lajak rahbar olti yil muhlatga ikki bor saylanishi, demak, Putin 2024-yilgacha boshqaruvda qolishi mumkin.

Vladimir Putin prezident lavozimiga qaytishga shay

Vladimir Putin prezident lavozimiga qaytishga shay

“Yedinaya Rossiya” partiyasining Moskvada o’tgan yig’ilishida Vladimir Putin agar uning partiyasi shu yil dekabrda parlament saylovlarida g’alaba qilsa, Dmitriy Medvedevni bosh vazirlikka tavsiya etmoqchi.

Siyosatdonlar Putin konstitutsion cheklovlar tufayligina bosh vazirlikka o’tgani, Medvedev esa prezident kursisini vaqtincha egallab turganini aytib kelayotgan edi. Ikkovlon to’rt yil ilgari shunga kelishib olganini ham tan oldi.

Vladimir Putinning nafaqat mamlakat siyosiy-iqtisodiy hayotida, balki xalq orasida ham nufuzi baland.

Oxirgi parlament saylovlarida uning partiyasi 64 foiz ovoz to’plagan edi. Putinning hozirgi reytingi ana shu raqam atrofida saqlanib qolgan, lekin “Yedinaya Rossiya”dan norozilar ko’p.

Vladimir Putin prezident lavozimiga qaytishga shay

Vladimir Putin prezident lavozimiga qaytishga shay

Sabab – Rossiya iqtisodiyoti 2000-2008-yillar oralig’ida erishgan yuqori o’sish sur’atlarini tiklay olgani yo’q.

Jahon iqtisodiyoti yana bir krizis yoqasida ekan, Bosh vazir Putin Yevropada bo’lgani kabi keskin moliyaviy choralar haqida ogohlantirdi.

Darhaqiqat, o’tgan hafta Rossiya birjalarida qimmatli qog’ozlar bahosi so’nggi yildagi eng past nuqtaga yetgan. Xorijiy investorlar bu yili Rossiyadan 35 milliard dollar kapitalini olib chiqishi kutilyapti.

Bu orada, ‘Yukos” neft kompaniyasi sobiq rahbari, qalloblikda ayblanib qamoqqa tashlangan tadbirkor Mixail Xodorkovskiy Rossiya 2015-yildan so’ng siyosiy-iqtisodiy tanazzulga yuz tutishi aniq, deya bashorat qilmoqda.

Vladimir Putin prezident lavozimiga qaytishga shay

Vladimir Putin prezident lavozimiga qaytishga shay

“Reyter” axborot agentligi savollariga yozma javob bergan Xodorkovskiyning aytishicha, Vladimir Putin qayta prezidentlikka kelsa, islohotlar haqida unutsa ham bo’ladi.

Bir paytlar Rossiyaning eng badavlat fuqarolaridan sanalgan bu tadbirkor 13 yillik qamoq jazosini o’tamoqda. Asl sabab – Kreml bilan chiqishmagani va muxolif partiyalarni moliyalagani, deydi siyosiy tahlilchilar.

Xodorkovkiy maktubida Putin hokimiyatini mamlakat barqarorligiga tahdid deya ta’riflagan. Yaqin yillarda ziyolilar, faollar, iste’dod egalari Rossiyani tark etishini kutavering, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG