Moskvada “yo’qolsin Putin” shiori ostida namoyishlar

  • Amerika Ovozi

Moskvada “yo’qolsin Putin” shiori ostida namoyishlar

Moskvada “yo’qolsin Putin” shiori ostida namoyishlar

Moskvada qattiq qor yog’ib, havo sovuganiga qaramay keng qamrovli norozilik namoyishlari bo’lib o’tmoqda. Bosh vazir Vladimir Putin va prezident Dmitriy Medvedevdan to’yganini aytayotgan odamlar shahar maydonlari va ko’chalarni egallab olgan.

Bu namoyishlar demokratiya uchun jiddiy sinov. Tashkilotchilar keng ommani jalb etishga umid qilmoqda. Bu oson emas, chunki Rossiyada ikki haftalik ta’til yaqinlashyapti.

Namoyishlar paytida ishlatish uchun 100 ming dollarlik audio apparatura sotib olingan. Mablag’ Putinga qarshi chiqayotganlar tomonidan ajratilgani aytiladi.

Moskvada “yo’qolsin Putin” shiori ostida namoyishlar

Moskvada “yo’qolsin Putin” shiori ostida namoyishlar

Taniqli aktyor va xonandalar bosh ko’targan ommani qo’llab-quvvatlamoqda. Yig’inlarga ko’proq odam jalb etish uchun bepul choy, shirinliklar va sharlar tarqatilyapti.

Moskvadagi Karnegi tadqiqot markazi tahlilchisi Nikolay Petrov fikricha, namoyishlar yanada keng tus oladi.

“Havo unchalik sovuq emas, demak ko’p odam chiqadi. Kreml esa ta’tillarni kutmoqda”, - deydi u.

24-dekabr kuni o'tgan namoyishlar:



Norozilik aksiyalari 4-dekabr parlament saylovlaridan keyin boshlanib ketdi. Jarayon adolatli o’tmadi, natija soxta, deydi muxolifat vakillari.

Kreml namoyishlarni jiddiy qabul qilishga majbur, 4-martga prezidenlik saylovlari mo’ljallangan. Asosiy nomzod – hozirgi Bosh vazir Vladimir Putin. Uning reytingi tobora pasayib ketyapti.

Hukumat boshida g’alayonni bostirish uchun militsiyani ishga soldi. Putin AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonni muxolifatni moylayotganlikda aybladi.

Shu hafta prezident Dmitriy Medvedev demokratik islohotlar dasturini e’lon qildi, lekin norozik oshib bormoqda. Pichoq borib suyakka taqalgan, deydi faollar.

Ulardan biri Ilya Yashin Medvedev to’rt yildan buyon odamlarni aldab kelyapti, va’dalarini bajarmagan, deydi:

Moskvada “yo’qolsin Putin” shiori ostida namoyishlar

Moskvada “yo’qolsin Putin” shiori ostida namoyishlar

“Kreml faqat mana shu kabi ommaviy choralarga javob beradi. Tadbirda qatnashmoqchi bo’lganlar soni 50 mingdan oshdi”.

Hukumat nazoratidagi gazetalarda chiqayotgan maqolalarda Sovet Ittifoqining ayrim respublikalarida yuz bergan “rangli inqilob” lar haqida ogohlantiriladi.

Tahlilchi Nikolay Petrov Medvedevni “siyosiy murda” deb ataydi. Putinga esa umid qolmagan, u o’zgarmaydi, deydi Petrov.

“Hokimiyat cho’qqisida 12 yildan beri turibdi. Yoshi 60 da. Bunday shaxsning keskin o’zgarishiga umid yo’q. Putin buni istamaydi ham”.

Namoyishchilar o’zagini 20-30 yoshdagilar tashkil etadi. Ular bir-biri bilan internet orqali muloqot qiladi. Putin tarafdorlari esa, asosan, keksalar.

Namoyishlar Saxarov ko’chasidan boshlangani bejiz emas. Dissident-olim Andrey Saxarov 80-yillarda kommunistlar partiyasi va hokimiyatiga qarshi chiqqan. Sovet imperiyasi qulaganiga esa shu kunlarda 20 yil to’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG