Breaking News

Rossiya bo'ylab norozilik namoyishlari - suratlar, video


"Putin, ket!" deya hayqirayotgan fuqarolar
"Putin, ket!" deya hayqirayotgan fuqarolar

Bugun Moskva va Rossiyaning qator shaharlari bo’ylab o’nlab ming odamlar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi.

Ular 4-dekabrdagi parlament saylovlari qanday o’tganidan norozi.

Moskva
Moskva

Bosh vazir Vladimir Putin va uning “Yedinaya Rossiya” partiyasi jarayonni o’z foydasi uchun suiiste’mol qilgan, soxta ovozlar berilgan, natija o’zgartirilgan, deydi ko’plab fuqarolar.

Faollar Kreml atrofiga bugun 40 ming odam yig’ildi desa, hukumat 20 ming deydi. Moskva hokimiyati 30 ming kishi to’planishi uchun ruxsat berganini bildirmoqda.

Zo’ravonlik va to’qnashuvlar kuzatilmagan. Lekin vaziyatni nazorat qilish uchun hatto havo kuchlari ham ishga solingan.

"Putin razil, ablah odam, uning atrofidagilar o'g'rilar, jinoyatchilar", - degan hayqiriqlar yangramoqda.

Rossiya bo'ylab norozilik namoyishlari - suratlar, video
Rossiya bo'ylab norozilik namoyishlari - suratlar, video

Hukumatga qarshi chiqishlar Vladivostok va Xabarovskda ham bo’lib o’tgan.

Uzoq sharqdagi bu shaharlarda ham omma Putin va uning safdoshlariga qarata “Kalamushlar yo’qolsin” degan chaqiriqlar bilan chiqqan.

“Yedinaya Rossiya” saylovlarda eng ko’p ovoz olgan, lekin partiya undan-da katta g’alaba kutgan edi.

Rossiya bo'ylab norozilik namoyishlari - suratlar, video
Rossiya bo'ylab norozilik namoyishlari - suratlar, video

Putin jarayon ochiq va adolatli o’tdi deydi, lekin kuzatuvchilar buning aksini aytmoqda.

G’arb, xususan Amerika nazarida Rossiyadagi saylovni demokratik deb bo’lmaydi.

Kreml Vashingtonni Rossiya muxolifatini quvvatlayotganlikda ayblamoqda.

Xalqaro hamjamiyat namoyishlarni kuzatar ekan, bu davlat rahbariyati aybni o'zidan qidirsin deydi.

Saylov ketidan boshlangan namoyishlar - suratlarda:

Video tasvirlar:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG