Rossiyada minglab fuqaro namoyishga chiqqan (video)

  • Amerika Ovozi

Rossiyada minglab fuqaro namoyishga chiqqan (video)

Rossiyada minglab fuqaro namoyishga chiqqan (video)

Rossiyada qahraton qish lekin Moskvada o’nlab ming odam ko’chaga chiqib, yo hukumatni yoqladi yo unga qarshi namoyish qildi.

Bu namoyishlarning uchinchi to'lqini. 2011-yilning 4-dekabrida o'tgan parlament saylovlari ketidan avj olgan norozilik kayfiyati kun sayin kuchayib bormoqda.

4-martda prezidentlikka qayta saylanish umidida yurgan Bosh vazir Vladimir Putinning hokimiyatdan ketishini talab qilayotgan va o’zini demokratik harakat deb atayotgan tomonlar Rossiyada siyosiy erkinlik payti keldi deydi.

Qizil maydonda bugun, 4-fevral kuni, muxolifatdan 23 mingga yaqin odam yig’ilgan.

"Putinsiz Rossiya" deb chiqqan fuqarolar

"Putinsiz Rossiya" deb chiqqan fuqarolar

Putin tarafdorlari nazarida esa Rossiyani faqat undek qattiqqo’l va uzoqni ko’ra biladigan shaxs boshqarishi kerak.

Ular Moskvaning g’arbiy qismida mitinglar o'tkazgan.

Bugun shaharda 90 mingga yaqin odam ko'chaga chiqdi, deya bildiradi shahar ichki ishlar boshqarmasi.

Ayrim namoyishchilar ishxonadan zo’rlab olib chiqilgani haqida shikoyat qilmoqda.

Moskva, 4-fevral 2012

Moskva, 4-fevral 2012

O’qituvchilar, hamshira va pochta xizmati xodimlari Putinni yoqlash uchun majburlanganini, muxolifatga qo’shilmoqchi bo’lgan yoshlar esa shanba kuni universitetga maxsus mashg’ulotlarga chaqirilganini aytmoqda.

Demokratiya talabi bilan chiqqanlar Putindan muxolifat bilan gaplashishni talab qilmoqda. Ungacha namoyishlar tinmaydi va fuqaro ovozini hech kim o’chira olmaydi, deydi ular.

Moskvadan olingan video:

Sankt-Peterburgda Putinga qarshi namoyishlar:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG