Moskvada 55 namoyishchi hibsga olingan

  • Amerika Ovozi

Moskvaning Qizil maydonida namoyishga chiqqan muxolifatchilardan 55 nafari politsiya tomonidan olib ketilgan. Sabab - ularning miting uchun ruxsat olmagani.

Faollar ommani oq lenta taqib, maydon atrofida aylanib, hukumatga qarshi shiorlar ko'tarib, amaldagi siyosat va may oyidan prezidentlikka keladigan Vladimir Putinni qoralashga undagan.

Moskva, 1-aprel, 2012

Moskva, 1-aprel, 2012

Politsiya bunga yo'l qo'ymagan. Maydon yopilgan, ko'chalar to'silgan va xaloyiq tarqatib yuborilgan.

Muxolifat hukumatni fuqarolarning uzviy huquqlaridan biri, uyushish va arz qilish erkinligini buzayotganlikda ayblamoqda.

O'tgan oy prezident saylovlarida Putin g'olib chiqqanida oppozitsiya buni tan olmagan. Tuzum adolatsiz, ovozlar soxtalashtirilgan va repressiya kuchaymoqda, deydi faollar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG