Moskvada minglab fuqarolar "Daf bo'l Putin" deya hayqirmoqda

  • Amerika Ovozi

"Xayr, Putin" degan plakat ko'targan namoyishchilar

"Xayr, Putin" degan plakat ko'targan namoyishchilar

Rossiyada prezident saylovlaridan deyarli bir hafta o’tib ham norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Bugun Moskvada minglab odam ko’chaga chiqib, rahbarlikka qayta saylangan Vladimir Putinga la’natlar aytmoqda.

“Alvido, Putin, sendan to’ydik”, “Ket, endi ket”, “Yolg’onchi va qabih lider bizga kerak emas”, “Kuning bitdi, Putin”, deb yozilgan plakatlarni ko’rasiz.

Putinni uchinchi bor prezidentlikka kelishi, deydi namoyishchilar, Rossiyada siyosiy tizim adolatsizlik va soxtalikka asoslanganini ko’rsatadi. Gap xalq ovozida bo’lganida, u hech qachon qayta saylanmagan bo’lardi, deydi muxolifat vakillari.

Putin xalq undan to'yganini biladi, deydi muxolifat

Putin xalq undan to'yganini biladi, deydi muxolifat

Lekin Putin tarafdorlari 4-martdagi saylov erkin va demokratik kechdi, aksariyat fuqarolar unga ovoz bergan, deydi.

64 foiz ovoz bilan g’olib chiqqan Putin “xalqimga xizmat qilishda davom etaman”, - deya norozilik namoyishlarini masxarabozlik, muxolifatni esa G’arbning malaylariga qiyoslamoqda.

Oppozitsiya nazarida Putin xalq undan qanchalik to’yganini tushunib yetgan va shu bois ham unga qarshi namoyish va ommaviy bosimni davom ettirish kerak. Tazyiqlarga qaramasdan “mitinglar o’tkazaveramiz”, deydi ular.

MOSKVADA NAMOYISHLAR:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG