Breaking News

"Pussy Riot" guruhi Sochida Putinga qarshi qo'shiq kuyladi


"Pussy Riot" rok guruhi vakillari Sochida politsiya mahkamasini tark etmoqda, 18-fevral, 2014-yil.
"Pussy Riot" rok guruhi vakillari Sochida politsiya mahkamasini tark etmoqda, 18-fevral, 2014-yil.
Vladimir Putin ehtiyotkorlik bilan rejalagan qishki olimpiya o’yinlarida kutilmagan voqealar ham ro’y berib turibdi. Rossiyaning “Pussy Riot” rok guruhi va boshqa faollar uyushtirgan namoyishlar ana shunday hodisalar sirasidan.

“Pussy Riot” guruhi a'zolari 18-fevral kuni Sochida bir muddat politsiya mahkamasida so’roqqa tutildi. Shunga qaramay, ular Putinga qarshi qo’shiq kuylashdan to’xtagani yo’q.

Guruh a’zosi Nadejda Tolokonnikovaning “Twitter” orqali yozishicha, so’nggi uch kun ichida politsiya ularni uch marta hibsga olgan.

Uning bu xabari Sochida olimpiadani yoritayotgan jurnalistlar e’tiborini tortdi.
Rok guruhi a’zolari dekabr oyida qamoqdan ozod qilingach, xalqaro yulduzlarga aylandi. Ikki hafta avval ular hatto Nyu-Yorkda Madonna bilan uchrashdi.

“Xonimlar va janoblar, Masha va Nadyani sizlarga tanishtirish men uchun sharaf”, - deya Madona rossiyalik qo’shiqcilarni sahnaga taklif etdi.

Sochida hukumatga qarshi namoyish o’tkazayotganlar yolg’iz “Pussy Riot” guruhi emas. Rossiyalik atrof-muhit himoyachisi ochlik e’lon qildi. Italiyalik besoqolbozlar faoli Vladimir Luksuriya ham Sochidagi chiqishlari uchun ikki bor hibsga olindi.

“Kimdir mendan bayroqni tortib olgani uchun rangli kamalak taqishni bas qilsam, ular yutib chiqqan bo’ladi. Meni hayotda qo’rquv boshqarishini istamayman. Aksincha, jasorat yo’lboshchim bo’lishini istayman”, - deydi Vladimir.

Nyu-Yorkdagi “Xalqaro Amnistiya” tashkiloti rahbari Salil Sheti olimpiya o’yinlari tugagandan so’ng Rossiyada faollarga qarshi bosim kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Kameralar tushirilgach, Sochida nimalar ro’y berishi mumkinligidan xavotirdamiz, - deydi u. – Shuning uchun bizga “Pussy Riot” kabi san’atkorlar kerak, Rossiya hukumatiga qarshi bosimni ushlab turish uchun”.

Olimpiada yakshanba kuni nihoyasiga yetadi. Dushanbadan boshlab minglab xalqaro jurnalistlar o’z vatanlariga qaytishni boshlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG