Vladimir Putin: "G'irrom g'alaba menga kerak emas"

  • Amerika Ovozi

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin martga belgilangan prezident saylovlari erkin o'tishi kerak, demoqda. Putin bugun tarafdorlari bilan uchrashib, jarayonning shaffof o'tishi uchun nima qilish kerak, degan savol bilan ularga murojaat qildi.

"G'irrom g'alaba kerak emas menga", - dedi bosh vazir.

O'tgan hafta Moskvada minglab odamlar namoyish qilib, 4-dekabrdagi parlament saylovlarida ovozlar soxtalashtirilgan deya norozilik bildirdi.

Tashkilotchilar ta'biricha, 24-dekabr kuni 100 mingdan ziyod odam namoyish qilgan, biroq politsiya hisobiga ko'ra, ularning soni 28 mingdan oshmagan. Omma saylovlarni qayta o'tkazishni talab qilgan.

Putin saylov natijalari bo'yicha shubha bo'lmasligi uchun prezident saylovlari kuni uchastkalarda nazorat kameralarini o'rnatishni taklif qilmoqda, ammo parlament saylovlarining qayta o'tkazilishiga qarshi.

"Muxolifatda aniq maqsad va lider yo'q. Umumiy dasturga ega emas, konkret maqsadga erishish uchun bilimi yo'q" deydi Putin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG