Putin: Rossiya tashqi ta'sirga yo'q deyishi kerak

  • Amerika Ovozi

Vladimir Putin, 20 aprel 2011

Vladimir Putin, 20 aprel 2011

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putinning aytishicha, uning davlati global moliyaviy inqirozdan o'ziga kelib, oyoqqa turib olgan va o'zini tashqi iqtisodiy va harbiy ta'sirdan saqlashi kerak.

Bugun parlamentda so'zlar ekan, Putin "mamlakatimiz mustaqillikni boy bermasligi, qudratini oshira borishi va turli liberal-siyosiy g'oyalarga berilmasligi lozim",- dedi.

Kelasi yil Rossiyada prezident saylovlari o'tadi. Putin o'z nomzodini qo'yishi mumkin degan taxminlar bor, ammo 58 yoshli bosh vazir bu borada og'iz ochmayapti.

Holbuki, bugungi nutqida Putin uning hukumati erishgan iqtisodiy yutuqlarni sanab o'tdi va bunda o'zining hissasini ham eslatib ketdi.

Bosh vazirning ta'kidlashicha, Rossiya mukammal reja asosida qurol-aslaha zaxirasini yangilamoqda. Iqtisodiy jihatdan ancha tetik va tizim faqat energetik boylik va savdoga tobe bo'lib qolmasligi uchun yangi sohalar, jumladan, ilg'or texnologiya uchun yo'l ochilgan.

Putin korrupsiyaga qarshi kurashga alohida to'xtalib, yulg'ichlikka toqat qilinmaydi dedi.

"Pensiyani oshirish, ijtimoiy himoyani yaxshilash lozim", - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG