Tojikiston ziyolilari davrasida: Putin va G'arb orasidagi kurash


Prezident Putin 24-oktabr kuni Sochidagi chiqishida AQShni global xavfsizlikka tahdid solayotganlikda, barcha davlatlar nisbatan diktat o'rnatganlikda va Ukrainadagi beqarorlikda aybladi.

Prezident Putin 24-oktabr kuni Sochidagi chiqishida AQShni global xavfsizlikka tahdid solayotganlikda, barcha davlatlar nisbatan diktat o'rnatganlikda va Ukrainadagi beqarorlikda aybladi.

Rossiya rahbari Vladimir Putinning yaqinda Sochida qilgan nutqi ba’zilar nazarida "imperiyaning bosh ko’tarayotganidir". Boshqalar fikricha esa Putin va G’arb orasidagi kurash.

Putin 24-oktabr kuni Sochidagi chiqishida AQShni global xavfsizlikka tahdid solayotganlikda, barcha davlatlar nisbatan diktat o'rnatganlikda va Ukrainadagi beqarorlikda aybladi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Tojikiston shimoli, Xo'janddagi ofisi qoshida tashkil etilgan siyosiy to’garak rahbari, siyosatshunos Mohiniso Horisova Putinning “Valday” xalqaro diskussiya klubida qilgan nutqini diqqat bilan kuzatdi. Rossiya bepoyon hududlarga ega kuchli, sanoati rivojlangan davlat bo’lsa-da, uning iqtidorini cheksiz deb bo’lmaydi, deydi.

“U, ba’zilar aytayotgandek, AQSh prezidenti Barak Obamaning chiqishiga o’ziga xos javob qildi deyish mumkin, ammo nima uchun Rossiya shu holga kelib qoldi? Hammasi Ukrainadan boshlandi. Aynan Qrimning Rossiyaga qo’shib olinishi bilan G’arbning Rossiyaga munosabati o’zgardi, buni ham tushunish kerak. Rossiya haqiqatan Ukraina ichki ishlariga aralashdi, ham u yerda vaziyat g’oyatda taranglashib ketdi, qancha odamlar halok bo’ldi”,- deydi Horisova.

Tojikistonlik 2 millionga yaqin mehnat muhojiri Rossiyada ishlaydi. Mamlakatda Putinning tarafdorlari ko’p bo’lishi tabiiy. Ziyoli Shavkat Qorixonov ana shunday tarafkashlardan.

“Men 100 foiz Putinni qo’llayman. U haqiqatda tili bilan amali bir siyosatdon ekan. Uning nutqini “sovuq urush” deb baholab bo’lmaydi, yo’q. G’arb oldindan o’zining “demokratiya”sini dunyoga ko’rsatmoqchi. Lekin bu qonli demokratiya bizga qanday ma’no beradi deb o’zimcha xulosa chiqaraman. Bular o’zi shu urushning ortidan gaz uchun pul topolmayapti. Shuning ortidan G’arb davlatlari ham gazsiz qolib xavotirga tushgan. Bu nimaga kerak? Qon hech kimga kerak emas. Tojikistonga ta’siri haqida aytamanki, biz ulardan (Rossiyadan) ajrashganmiz. Hozir har kim o’z holati bilan yurmoqda. Jahonga ta’siri bo’lgandek, Tojikistonga ham ta’siri yetadi albatta. Lekin o’z prezidentimiz boshchiligida ketsak, xudo xohlasa, ziyon qilmaymiz”, - deydi Qorixonov.

Tojikistondagi o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, dotsent Ilhom Yusupov har xo’jalikda bo’lgani kabi, xo’jayinning bitta bo’lgani yaxshi deb hisoblaydi. "Putinning so’zlari meni qoyil qoldiradigan narsa emas, Putin siyosatmadorlarni qoyil qoldiradigan gapni aytgani yo’q", - deydi Yusupov.

“Eski-eski gaplar, rus ayig’iman deyapti, kerak bo’lsa bosib olaman deyapti, buni tan olyapti. Amerika yoki boshqa davlatlar intervensiyadan voz kechdi, xalqlarga erkinligini berib yubordi. Ha, bu ruslar ushlab turibti-ku, zo’rlik qilib ushlab turibti, imperiya qilib olib, tovarlarga o’zicha narx qo’yib oladi, o’zi aytgan narxda sotib oladi. Masalan, nega Yevropaga ular aytgan narxda bermaydi, aytaylik, Ukrainaga o’sha narxda gazini bermaydi. Oddiy misol, turkmandan, masalan, 1 somondan olib turib, bu yoqda 40 somondan sotib yotipti. Aferistlik bu, shunday deb bilaman. Hamma narsada xo’jayin bitta bo’lishi kerak, xo’jayin ikkita bo’lsa bo’lmaydi, dunyo ham xuddi shunday, bir qutblilik menimcha yaxshi”,- deydi dotsent Yusupov.

Jamiyatshunos Farruh Homidov Putin o’z chiqishi bilan dunyo siyosatida ikki qutblilikni tiklayotganiga tarafdorman, lekin gap Rossiya qanday qilib global jahon iqtisodiy harakatidan yakka tartibda g’alaba bilan chiqa olishida, buni ular qanday eplashini vaqt ko’rsatadi, deydi.

Siyosatshunos Mohiniso Putinning tashqi siyosatda tutgan yo’li Tojikistonga salbiy ta’sir o’tkazmasdan qolmasligini ta’kidlaydi.

“Buning ko’proq mehnat muhojirlari masalasida va yana ko’plab sohalarda salbiy ta’sirini ko’rish mumkin. Rossiya Tojikiston uchun strategik hamkor bo’libgina qolmay, ish beruvchi asosiy davlatlardan biri, zarar ko’proq mana shu tomonda ko’rinadi, mehnat muhojirlarining ishlab topayotgan pullari qadrsiz bo’ladi. B’azilar iqtisodiy sanksiyalar sabab, Tojikiston qishloq xo’jaligi Rossiyada yangi bozor ochadi deyishadi, ammo bir kilo piyozu-kartoshka narxi o’zimizda bir dollarga yetgan vaqtda bunaqa bozordan qanaqa foyda ko’rish mumkin, buni tushunmayman”, - deydi tojik siyosatshunosi.

Kuzatuvchilar fikricha, rus pulining dollarga nisbatan qurbi tobora pasayib borayotganligi, jahon bozorida neft arzonlashuvi, yangi texnologiyalarning Rossiyaga kiritilmasligi alal-oqibat o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Bu holatda Rossiyada yangi revolyutsiya yuzaga kelishi, mamlakat hatto parchalanib ketishi mumkin deyishadi ba’zi tojik tahlilchilari.

XS
SM
MD
LG