Rossiya harbiy qudratini oshirishga shay

  • Amerika Ovozi

Rasmiylar xavotiri shuki, Rossiya qurolli kuchlari zamonaviy tahdidga tayyor emas

Rasmiylar xavotiri shuki, Rossiya qurolli kuchlari zamonaviy tahdidga tayyor emas

Mudofaa vaziri muovini Vladimir Popovkinning aytishicha, 2020 yilga qadar Rossiya harbiy uskuna-jihozlar uchun 650 milliard dollar sarflaydi.

Rejaga ko’ra, shu yildayoq qo’shimcha sakkiz dona atom suvosti kemasi xarid qilinadi.

600 dona samolyot, mingta vertolyot va 100 ga yaqin harbiy kemalar olinadi.

Rossiya rasmiylarining xavotiri shuki, qurolli kuchlar zamonaviy xavf-xatarga tayyor emas.

Bu orada Kreml Eronga qurol-aslaha sotish haqida o'ylanmoqda.

BMT sanksiyasiga ko’ra, Tehronga o’q-dori va qurol uchun zarur modda sotish taqiqlanadi.

Lekin Rossiya federal harbiy-texnikaviy hamkorlik xizmati rahbari Mixail Dmitriyev deydiki, sanksiya ayrim jihatlarni tilga olmaydi, demak, istisno bor.

Ikki davlat harbiy hamkorlik ehtimoli haqida muloqotda.

Rossiya Eronga S-300 rusumli raketa tizimi sotishni ko’zlagan edi. Lekin BMT taqiqi bois fikridan qaytgan.

G’arb davlatlari Eronni ommaviy qirg’in quroli ustida ishlayotganlikda ayblab keladi. Tehron yadroviy izlanishlari tinch, ilmiy maqsadlarni ko’zlashini ta’kidlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG