Rossiya kashandalar sonini kamaytirmoqchi

  • Jessica Golloher

Tamaki ishlab ciqaruvchi kompaniyalarning reklamasida qaddi-qomati kelishgan ayollarning chiroyli nozik barmoqlarida sigaret ushlab turgani tasvirlanadi. Buni ko’rgan yoshlar uchun chekish - moda.

Tamaki ishlab ciqaruvchi kompaniyalarning reklamasida qaddi-qomati kelishgan ayollarning chiroyli nozik barmoqlarida sigaret ushlab turgani tasvirlanadi. Buni ko’rgan yoshlar uchun chekish - moda.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev 2050 yilga borib mamlakatda chekuvchilar sonini 10-15 foizga kamaytirishga so'z bermoqda.

Ammo bu va’da ustidan chiqish oson bo'lmaydi, chunki bugungi kunda Rossiya aholisining 40 foizi tamakiga mukkasidan ketgan.

Sobiq Sovet Ittifoqidagi boshqa respublikalar ham Rossiyadan qolishmaydi.

Xo’sh, nima sababdan bu mamlakatlarda tamaki iste'moli yuqori, chekish ommaviy tus olgan?

Mutaxassislar fikricha, bunga sigaret ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning reklamasi “aybdor”.

O’zbekistonda bundan qariyb 10 yil oldin chekuvchilar soni, xalqaro tashkilotlar hisobicha, aholining taxminan 20 foizini tashkil etgan. Shundan beri chekishga qarshi qator kampaniyalar olib borildi, ammo ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar orasida tamaki shaydolari ko’pligi kuzatiladi. Ba’zilar nazarida bu zamonaviy hayot tarzi, boshqalar esa ruhan siqilishni chekish orqali yengishini aytadi.

Mutaxassislar chekish ommaviy tus olganida tamaki reklamasini ayblaydi

Mutaxassislar chekish ommaviy tus olganida tamaki reklamasini ayblaydi

Rossiyada ham ayollar orasida chekish odatiy hol.

Qo’lida sigaret ushlab turgan Yelena ismli juvon buning sabablarini tushuntirishga harakat qiladi:

"Ko’chada ketayotganingizda, metro bekati yonida oldingizga yosh qiz keladi-da, biz yangi sigaret ishlab chiqardik, chekib ko’rasizmi, deydi. Ular mana shunday reklamaga usta, bunga katta e’tibor qaratadi”.

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotiga ko’ra, Rossiya – tamaki chekuvchilar soni jihatidan dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri.

U bu borada hatto Indoneziya va Xitoydan ham o’zib ketgan. Ayollarga mo’ljallangan ingichka sigaretlar savdosi bo’yicha esa Rossiya allaqachon dunyoda birinchi o’ringa chiqqan.

Rossiya aholisining 40 foizi chekadi

Rossiya aholisining 40 foizi chekadi

Buning sababi esa – ashaddiy reklama. Yosh, yaxshi kiyingan, chiroyli qizlar Moskvaning mashhur Tverskaya ko’chasidan tortib, boshqa joylarda ham sigaret ushlab turadi va tatib ko’rishni taklif qiladi.

Tamaki ishlab ciqaruvchi kompaniyalarning reklamasida ham qaddi-qomati kelishgan ayollarning chiroyli nozik barmoqlarida sigaret ushlab turgani tasvirlanadi. Buni ko’rgan yosh qizlar va o’smirlar “cheksam, men ham chiroyli va jozibali bo’laman”, deb o’ylaydi.

Natijada chekivchilar soni ko’payadi. Masalan, 2006 yildan 2009 yilga qadar “Filip Morris” kompaniyasi ishlab chiqaradigan va ayollarga mo’ljallangan “Virjiniya Slim” ingichka sigaretlari savdosi Rossiyada 91 foizga oshgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham kashanda

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham kashanda

Bunday statistikadan xavotirga tushgan rasmiylar uzoq muddatli strategiyalar ustida bosh qotirib, 2050 yilga borib tamaki chekuvchilar sonini 10-15 foizga kamaytirishni rejalamoqda.

2015 yilga borib Rossiyada jamoat joylarida tamaki chekish batamom man etiladi.

Bundan tashqari rtamakiga soliqni oshirish masalasi muhokamada. Bugungi kunda Rossiyada sigaretlar nisbatan arzon bo’lib, hatto o’smirlar ham ularni bemalol sotib olishga qodir.

Televideniyeda tamaki reklamasi man etilgan. Sigaret qutilarida “Chekish o’ldiradi” degan yozuv paydo bo’ldi.

Albatta, bunday choralar kam ko’rinishi mumkin. Ammo mamlakat prezidentining chekishga qarshi kurash haqida rasman e’lon qilishi - jiddiy qadam. Bu hukumat aholi salomatligidan haqiqatan xavotirda ekanini namoyish qildi.

Sobiq Sovet Ittifoqining boshqa respublikalari ham Rossiya kabi tamaki chekishga qarshi kurash boshlarmikan?

XS
SM
MD
LG