Snouden bir hafta ichida Rossiyadan boshpana olishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Amerika hukumatining maxfiy kuzatuv dasturini fosh etgan Edvard Snoudenga yordam berayotgan rus advokatining aytishicha, yigit prezident Vladimir Putinning shartlarini bajo etishga tayyor.

Kreml talabi shuki, Snouden u yerdan turib Amerika manfaatlariga tahdid solmasligi va ikki davlat orasidagi aloqalarga putur yetkazishga urinmasligi kerak.

Snoudenning maqsadi - Rossiyadan vaqtincha bo’lsa-da, boshpana olish.

“Men Snouden bilan gaplashdim, u Putinning aytganini qilishga rozi”,- deydi Anatoliy Kucherena, advokat.

Snouden bir necha haftadan beri Moskva aeroportida o’tiribdi. Pasporti bekor qilingan va hech qayoqqa qimirlay olmaydi. AQSh uning vatanda sudga tortilishini istaydi.

Advokat deydiki, Rossiya hukumati uning taqdirini shu bir hafta ichida hal etishi mumkin.

Boliviya, Nikaragua va Venesuela unga boshpana taklif qilgan. Biroq Snouden hujjatsiz safar qila olmaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG