Rossiya Suriyada qo'shinlari sonini ikki karra oshirgan ko'rinadi

  • Amerika Ovozi

So'nggi hisoblarga ko'ra, Suriyadagi rus askarlari hozir taxminan 3 ming kishi. "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan ayrim Amerika rasmiylari nazarida, bu raqam undan-da yuqori bo'lishi mumkin.

So'nggi hisoblarga ko'ra, Suriyadagi rus askarlari hozir taxminan 3 ming kishi. "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan ayrim Amerika rasmiylari nazarida, bu raqam undan-da yuqori bo'lishi mumkin.

Rossiya Suriyadagi harbiylari sonini kamida ikki karra oshirgan ko'rinadi. Amerika rasmiylari shunday bayonot bermoqda. Suriya armiyasi Halab shahrini qaytarib olishga hozirlik ko'rayotgani aytiladi. Rossiya piyoda qo'shinlari amaliyotda qatnashadimi-yo'qmi, noma'lum, deydi AQSh tomoni.

So'nggi hisoblarga ko'ra, Suriyadagi rus askarlari hozir taxminan 3 ming kishi. "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan ayrim Amerika rasmiylari nazarida, bu raqam undan-da yuqori bo'lishi mumkin. Bir necha ming kishi haqida gap ketmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Suriyaga havo orqali yetkazayotgan harbiy aslahalar qatnovi kuniga to'rt karra oshgan.

Kreml bu askar va jihozlarni qayerga joylayotgani hozircha ochiq qolayotgan masala.

Yaqingacha, bu kuchlar, jumladan, 500 harbiy dengiz zobiti Latakiya yaqinidagi havo bazasida qolayotgan edi. Lekin AQSh mudofaa va razvedka mutaxassislarining aytishicha, bu bazaga faqat 2 ming harbiy sig'adi. Taxmin shuki, qo'shinlar shimol tomonda joylashayotgan bo'lishi mumkin.

AQShning NATOdagi elchisi Daglas Lyut o'tgan hafta qilgan chiqishida, Moskva chamasi ming kishilik batalyonni, shuningdek, tanklar, artilleriya va raketalarni jo'natganini aytgan edi.

Hozircha Moskva Suriyada harbiy havo amaliyotlarini amalga oshirsa-da, tez orada piyoda qo'shinlar ham jangga kirishi mumkin, deydi bu mutaxassislar.

Sal avval Suriya rahbari Bashar al-Assadga sodiq qo'shinlar Eron inqilobiy gvardiyasi, Hizbulloh jangchilari, Iroq, Afg'oniston va pokistonlik shia jangchilari bilan ittifoq tuzib, Hims, Hamo va Idlibgacha bo'lgan hududlarni "Islomiy davlat"dan qaytarish amaliyotini e'lon qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG