Din

Tataristonda din peshvosiga hujum yuzasidan O'zbekiston fuqarosi ushlangan

  • Amerika Ovozi

Huquq-tartibot organlari nazarida ular ektremizmga qarshi kurashgani uchun, aynan, kasbiy faoliyati bois nishonga olingan.

Huquq-tartibot organlari nazarida ular ektremizmga qarshi kurashgani uchun, aynan, kasbiy faoliyati bois nishonga olingan.

Ramazon yaqinlagan bir pallada Tataristonda kecha ikki diniy peshvoga hujum uyushtirilgan. Biri halok bo’lgani ma’lum.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin nazarida bu mintaqada ziddiyat keskinlashayotganidan nishona.

Tatariston poytaxti Qozonda muftiy Ildus Fayzovning mashinasi portlab, uning o’zi qattiq jarohatlangan.

Shaharning boshqa yerida Fayzovning sobiq muovini Valiulla Yakupov uyi yonida otib o’ldirilgan.

Fayzov safdoshi Yakupov o'limi haqida eshitgan payt mashinada bo'lgan. Telefon qilish uchun svetoforda to'xtagan. O'sha payt avtomobilning old qismida kichikroq portlash ro'y berib, muftiy undan sakrab chiqib ulgurgan.

Har ikkisi bosiqlik, dinni agressiya quroli qilmaslik kabi qarashlari bilan tanilgan.

Huquq-tartibot organlari nazarida ular ektremizmga qarshi kurashgani uchun, aynan, kasbiy faoliyati bois nishonga olingan.

Voqeaga aloqadorlik gumoni bilan besh kishi ushlangan.

Biri O’zbekiston fuqarosi, deya xabar beradi RIA Novosti, 36 yoshli Abdunozim Ataboyev. Politsiyaning bildirishicha, u o’z avtomobilida muftiy Ildus Fayzovning mashinasi ketidan poylab, portlashdan keyin tezda g’oyib bo’lgan.

Fayzov ahvoli qoniqarli ekani aytiladi.

Voqea yuzasidan avvalroq yana to’rt odam, jumladan, fuqarolarni hajga jo’natish uchun mas’ul “Idel-Haj” kompaniyasi rasmiysi Rustam Gataullin va “Vaqf” jamoasi rahbari Murat Galleyev hibsga olingan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG