Britaniya: Rossiyaga qarshi jazo choralari ish beryapti

  • Amerika Ovozi

Britaniya sobiq Tashqi ishlar vaziri Malkolm Rifkindning aytishicha, Moskvaning 89 nafar yevropalik siyosatchi va harbiy yetakchilarni Rossiyaga kirishi taqiqlangan shaxslar ro'yatiga qo'shgani G’arb qo’llayotgan jazo choralarining ish berayotganini ko’rsatadi.

Agar sanksiyalardan qattiq aziyat chekmaganda, bunday reaksiya bildirishmagan bo’lardi, deydi u ingliz radiosiga bergan intervyusida.

Yevropa Ittifoqi Kreml e’lon qilgan ro’yxatni “aniqliklik kiritilmagan mutlaqo adolatsizlik”, deb atadi.

Ro’yxatda bir qator Yevropa Ittifoqi parlamenti a’zolari, hukumat rahbarlari hamda harbiylar bor.

O’tgan yili sentabr oyida AQSh va Yevropa bir necha rossiyalik rasmiy va biznes vakillariga G'arbga sahohat qilishni cheklash bilan birga, Rossiyaning eng katta moliyaviy instituti – Sberbankka ham jazo choralarini tatbiq etgan edi.

Shuningdek, rus energiya kompaniyalari g’arbda ishlab chiqarilgan texnologiyani sotib olish huquqidan mahrum qilindi.

Bu jazo choralari neft narxining keskin tushishi va rublning qadrsizlanishiga qo’shilib, Rossiya iqtisodiyotining jiddiy zarar ko’rishiga sabab bo’ldi. Shu yil oxirigacha mamlakatda iqtisodiy o’sish 4 foizgacha kamayishi kutilmoqda.

Moskva g’arb sanksiyalaridan jiddiy noroziligini izhor qilib, sharqiy Ukrainada davom etayotgan isyonga hech qanday aloqasi yo’qligini aytadi. Kremlga ko’ra, Ukrainada yurgani aniqlangan rus askarlari u yerga ko’ngilli sifatida ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG