“Kreml rok musiqachilar ovozini o’chirmoqchi”

  • Amerika Ovozi

Mariya Alyoxina guruh vakillaridan

Mariya Alyoxina guruh vakillaridan

Rossiyada prezidentlikka qaytgan Vladimir Putin yangidan imzolagan ayrim qonunlar muxolifat va G’arb nazarida so’z va uyushish erkinligini bo’g’ishga qaratilgan.

Dushanba kuni ish boshlagan sudda uch fuqaro Putinni haqorat qilganlikda ayblanmoqda.

Uch qiz a’zo estrada guruhga xuliganlik aybi ham qo’yilgan. Bugun jarayonning uchinchi kuni. Javobgarlar 20 yoshlar atrofida.

Fevral oyida ular maska taqib, kalta ko’ylaklarda Moskvadagi cherkovga kirib, Putinga qarshi qo’shiqlar aytgan, o’yinga tushgan. Ularning aytishicha, hukumat jamiyatda qo’rquv hissini uyg’otmoqchi, muxolifatni ovozini o’chirmoqchi. Pank rok guruhi ayblovlarni inkor etmoqda.

Prokuror so’zlariga ko’ra, ular cherkovni behurmat qilgan. Rossiya patriarxi pank guruhlarining cherkovdagi xatti-harakatini xudoga shak keltirish bilan qiyosladi.

Sud ishi Rossiyada avlodlar o’rtasida tafovut kuchayib borayotganini namoyish etadi. Ayollar besh oydan beri qamoqda.

Rossiyalik milliarder Aleksandr Lebedev sudni taniqli blogger Aleksey Navalniy taqdiri bilan bog’laydi. Navalniy 2009-yilda davlat mulkini o’g’irlaganlikda ayblanmoqda va bu isbotlansa, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Navalniy muxolifat yulduzi sifatida ko’riladi.

“Navalniyga qarshi soxta ayblovlarni oling. Rokchi qizlarning ishi ham huddi shunday – hammasi uydirma. Siyosiy o’yinning qurboni ular”, - deydi Lebedev.

Uning aytishicha, Putin isyonkor fikrni bo’g’ishda davom etadi. Sal oldin u sudya va prokurorlarning sha’niga dog’ tushirganlarni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi qonunni imzoladi.



Ijtimoiy so’rov natijalariga qaraganda esa Rossiyada aholining 17 foizi ayollarni jazolash tarafdori. Aybdor topilsa, ular yetti yilgacha qamalishi mumkin. Hukm chiqquncha, ya’ni yanvarga qadar guruh panjara ortida qoladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG