Turkiya urib tushirilgan samolyot uchun Rossiyadan uzr so'ramoqchi emas

  • Amerika Ovozi

Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto'g'li NATO qarorgohida, Bryussel, 30-noyabr, 2015-yil

Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto'g'li NATO qarorgohida, Bryussel, 30-noyabr, 2015-yil

Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto'g'lining aytishicha, uning mamlakati Suriya chegarasida Rossiya samolyotining urib tushirilgani uchun uzr so'ramaydi. Dovuto'g'li bugun Bryusselda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashgan. NATO rahbariga ko'ra, Turkiya o'z havo sarhadlarini mudofaa qilishga haqli.

Turkiya nazarida Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti turk osmoniga kirganda nishonga olingan. Kreml samolyot Turkiya chegarasini buzmaganini, Suriya uzra urib tushirilganini da'vo qilmoqda.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo'llashni buyurdi. Xususan, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, turk mevalari chegarada to'xtatilgan, Rossiyada ishlayotgan turk ishchilarining shartnomalari uzaytirilmaydigan bo'ldi. Dovuto'g'li Moskva bu niyatidan qaytadi, deya umid qilmoqda.

Bugun Parijda iqlim o'zgarishiga doir yirik xalqaro anjuman o'tkazilmoqda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an Putin bilan uchrashib, mavzu yuzasidan gaplashib olmoqchi edi, biroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv bo'lmasligini qayd etdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG