AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Kiyevda

  • Amerika Ovozi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bugun Kiyevda Ukrainaning muvaqqat hukumati bilan uchrashmoqda.

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bugun Kiyevda Ukrainaning muvaqqat hukumati bilan uchrashmoqda.

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bugun Kiyevda Ukrainaning muvaqqat hukumati bilan uchrashmoqda. Mamlakatning sharqiy viloyatlarida vaziyat taranglashar ekan, Bayden muvaqqat prezident va bosh vazir bilan ko’rishib, AQSh pozitsiyasini bildirmoqchi.

Oq uy 25-mayga belgilangan prezident saylovlari ochiq va erkin o’tishiga umid qilmoqda. Payshanba kuni Jenevada AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa Ittifoqi bosh diplomatlari mojaroga barham berish yo’llarini muhokama qilib, ayrim kelishuvlar qabul qilgan. Bayden shu xususida ham gaplashishi kutilmoqda.

Bitimga ko’ra, mamlakatdagi barcha no qonuniy guruhlar qurolsizlanishi, ishg’ol qilingan davlat idoralarini bo’shatishi lozim. Kiyev sharqiy viloyatlarni Jeneva bitimiga amal qilishga chaqirmoqda, ammo u yerdagi kuchlar kim birinchi bo’lib binolarni egallashni va qurollanishni boshlagan bo’lsa, bitim ijrosi o’shalardan boshlanishi kerak, deya Kiyevdagi Maydon faollariga ishora qilmoqda.

Hukumat Jeneva bitimi talablari Maydonga taalluqli emas, demoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Kiyevning bu pozitsiyasini tanqidga oldi va uni bitimni bajarishdan bosh tortayotganlikda aybladi.

O’tgan kuni Donetsk viloyatining Slavyansk shahrida noma’lum odamlar mahalliy aholidan uch nafarini otib ketgan. Bugun yana ikki kishining o’limi haqida xabarlar bor.

Radikal “O’ng sektor” guruhi bu ishda ayblanmoqda va keyinchalik uning bir a’zosi qo’lga olingan. Biroq guruh va muvaqqat hukumat hujumni Rossiya maxsus kuchlaridan ko’rmoqda.

Lavrovga ko’ra, sharqiy viloyatlar xavfsizligidan xavotirda va Rossiyadan madad so’ramoqda.

"Bunday da’vatlarga befarq tura olmaymiz", - deydi u.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Kiyevni qo’llab-quvvatlayotgan Qo’shma Shtatlarni Ukrainadagi mojaro bo’yicha mas’uliyatni o’z bo’yniga olishga chaqirdi.

Rossiyani yakkalashga qaratilgan harakatlar samara bermaydi, chunki dunyoning katta qismi bunga qarshi, dedi Lavrov.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG