Breaking News

Rossiya Ukrainani ogohlantirmoqda


Rossiya Ukrainani Rostov oblastidagi shaharga snaryad otib, bir odamni o'ldirganlikda ayblamoqda, Rossiyaning Donetsk shahri, 13-iyul, 2014-yil
Rossiya Ukrainani Rostov oblastidagi shaharga snaryad otib, bir odamni o'ldirganlikda ayblamoqda, Rossiyaning Donetsk shahri, 13-iyul, 2014-yil

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainani Rostov viloyatidagi Donetsk shahriga snaryad otganlikda ayblamoqda. Hujum natijasida bir odam o’lgan, ikki ayol yarador.

Vazirlik hujum yuzasidan Ukraina hukumatiga norozilik bildirib, bu kabi provokatsiyaning Ukraina uchun oqibati yaxshi bo’lmasligi haqida ogohlantirdi.

Rossiyalik qonunchilardan biri bunga javoban qo’shni davlat hududini o’qqa tutishni taklif qilmoqda.

Ukraina hujumga aloqasi yo’qligini aytmoqda. Unga qarshi sharqiy hududlarda jang qilayotgan isyonchilar ham snaryad ulardan chiqqanini inkor etmoqda. Rossiya voqea bo’yicha tergov boshlagan.

Bu o’rtada Moskvani Ukrainadagi beqarorlikka aloqador deb bilgan Yevropa Ittifoqi isyonchilarning 11 rahbarini qora ro’yxatga qo’shgan.

Separatistlar ikki viloyat hududida mustaqil respublikalar e’lon qilib, Kiyev bilan mustaqillik uchun jang qilmoqda.

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkiloti isyonchilarni qiynoqlarda ayblamoqda. Guruh nazarida Ukraina harbiylari ham oz sonli huquqbuzarliklarga qo’l urgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG