Rossiya va Ukraina Donbassdagi urushning avj olishida bir-birini ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

Donetsk oblastining Debalsevo qishlog'i

Donetsk oblastining Debalsevo qishlog'i

Rossiya va Ukraina hukumatlari Ukraina sharqidagi vaziyatning keskinlashishida bir-birini ayblamoqda. Ukraina Mudofaa va xavfsizlik kengashi vakili Andrey Lisenkoning aytishicha, isyonchilar butun front bo'ylab armiya kuchlariga qarshi hujum qilmoqda.

Donetsk viloyatida joylashgan Debalsevo shahri uchun shiddatli janglar kechmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra, harbiy harakatlarning avj olishida Kiyev aybdor, vaziyat yanada taranglashishi ayon, bu esa xalqaro hamjamiyatning qon to'kilishlarini to'xtatishga qaratilgan harakatlariga pand bermoqda.

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Rossiya rahbari Vladimir Putinga xat yo'llab, sentabr oyida Minskda imzolangan sulh shartlariga rioya qilishga chaqirgan.

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk chorshanba kuni Kyevda AQSh Moliya vaziri Jek Lyu bilan uchrashib, Ukrainaga ikki milliard dollar miqdorida qarz berishga qaratilgan hujjat imzoladi.

Ukraina tarafini olayotgan Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo'llanilishi haqida ma'lum qildi. Rossiya sanksiyalarni javobsiz qoldirmasligini bildirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG