Breaking News

Asrandi rus bolalari haqidagi AQSh filmi Rossiya ekranlarida


Bola asrab olish haqidagi AQSh filmi Rossiyada namoyish etilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:14 0:00
AQShda Rossiyadan asrab olingan uch bola haqida hujjatli film ishlandi. Kreml tashabbusi bilan 2012-yil amerikaliklarning bola asrab olishini taqiqlovchi qonun qabul qilingach, mavzu bo’yicha bahs-munozaralar kuchaydi. Ammo bu film siyosiy qarashlardan holi, masalaga inson nuqtai nazari bilan yondashadi.
“Muhabbatning qorong’u olami” bir Amerika oilasi misolida odamlarning bir-biriga qanday bog’lanishini o’rganadi.

Amerikalik ota-ona – Klaudio va Sheril Dias Rossiya yetimxonalaridan uch bolani asrab olganida o’smir qizi bor edi. Ularga 11 yoshli Masha va besh yoshli egizak Marsel va Vadim kelib qo’shildi. Bolalarning bir-biriga o’rganishi oson bo’lmadi.

“Bu mening oilam. Bundan a’lo bo’lishi mumkin emas, deb o’ylardim”, - deydi Sheril.

Filmda bola asrab olish bo’yicha mutaxassis Diaslar oilasi bilan uchrashib, bolalarni qanday sevish va ular bilan qanday muloqot qilish yo’llarini o’rgatadi. Oilaning bir yil davomida tushkunlik va ichki kurashlar girdobida qolgani haqqoniy kadrlarda aksini topgan.

Film rejissori Sara Makkarti “Amerika ovozi”ga intervyu berdi.

“Asrab olingan bolalarni tushunish ota-onalar uchun qiyin. Chunki bunday bolalar sizni qabul qilishni istamaydi. Bu ularning yomonligidan yoki sizga aziyat yetkazishni istashidan emas. Balki ular yetimxonalarda katta bo’lgan va yashashni o’sha joylarda o’rgangan”, - deydi Makkarti.

“Bola miyasining rivojlanishi uchun uning bir yoki bir necha odam bilan yaqin aloqada bo’lishi juda muhim. Agar bunday odamlar bo’lmasa, bolaning miyasidagi asab to’qimalari to’g’ri rivojlanmasligi mumkin”, - deydi soha mutaxassislaridan biri.

“Doim singlim bo’lishini istaganman. Ammo u uzoq vaqt yetimxonada o’sgan. Men esa yolg’iz farzand bo’lib ulg’ayganman”, - deydi Diaslarning to’ng’ich qizi Kami.

Tadqiqotlarga ko’ra, deydi Makkarti, ko’ngli o’ksib o‘sgan bolalar ham, agar mehribon oila bag’rida yashasa, yana asl sog’lom qiyofasiga qaytishi mumkin.

Bu haqiqatni Makkarti Rossiyada amerikaliklarning bola asrab olishiga qo’yilgan taqiqqa qarshi o’tkazilayotgan kampaniya doirasida boshqalarga ham yetkazishni istaydi.

Huquq faollari yordamida film Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida katta ekranga chiqdi.

AQSh va Kanadada o’tkazilgan kino festivallarida esa film olqishlarga sazovor bo’ldi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG