Duma amerikaliklarga Rossiyadan bola boqib olishni man qildi

  • Amerika Ovozi

Rossiya deputatlari AQSh fuqarolariga Rossiyadan bola asrab olishni taqiqlashga doir qonun loyihasini ma'qulladi.

Hujjat Dima Yakovlev nomi bilan yuritilmoqda. Amerikalik oila tomonidan boqib olingan rossiyalik bu bolakay mashinada qulflab ketilib, bir necha soatdan so'ng dimiqib o’lgan edi. AQSh sudi otasini aybsiz deb topgan.

Qonunga aylanishi uchun loyiha Dumada uchinchi bor o'qilishi, keyin prezident Vladimir Putin uni imzolashi lozim.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov parlament a'zolarining e'tirozi va kayfiyatini tushunamiz, lekin rahbariyat bosiqroq ish ko'rish tarafdori, deydi.

Parlament qarori AQShda qabul qilingan "Sergey Magnitskiy qonuni"ga javob deya ko’rilmoqda.

Hujjat inson huquqlarini poymol qilgan rossiyalik rasmiylarga viza berishni man qilib, moliyaviy sanksiyalar bilan jazolashni ko’zda tutadi.

37 yoshli advokat Magnitskiy korrupsiyaga doir yirik mashmashani fosh qilgani uchun qamalib, 2009-yilda turmada o’lgan. U mutasaddilarni 250 million dollarlik soliq pulini o'marganlikda ayblagan edi. "Magnitskiy qonuni" mazkur ish va uning o'limiga aloqador rossiyalik mulozimlarni nishonga oladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG