Ekspertlar: Putin AQShga zahrini sochib, o’z reytingini oshiryapti

  • Amerika Ovozi

Ekspertlar: Putin AQShga zahrini sochib, o’z reytingini oshiryapti

Ekspertlar: Putin AQShga zahrini sochib, o’z reytingini oshiryapti

AQShning yangi elchisi Maykl Makfol (Michael McFaul) Kremlga yaqin guruhlarning keskin tanqidiga uchramoqda. Kuni kecha “Putin tarafdorlari tarmog’i” degan guruh kecha AQSh elchixonasi qarshisida namoyish o’tkazgan.

Rossiyada prezident saylovlari yaqinlashgan sari, siyosiy muhit ham taranglashib bormoqda. Vladimir Putinning yana rahbarlikka qaytish rejasi Sovet Ittifoqi qulaganidan beri eng yirik namoyishlarga turtki berdi.

Navbatdagisi 26-fevralda o’tadi, deydi muxolifat yetakchilari.

Putinning da’vo qilishicha, xalqni hukumatga qarshi qayrayotgan va oppozitsiyani moliyalayotgan bu – Qo’shma Shtatlar. Uning “Yedinaya Rossiya” partiyasi Amerika elchixonasiga qadam qo’yganlarni “sotqin” deya tamg’alagan.

Elchi Maykl Makfol

Elchi Maykl Makfol

Elchi Maykl Makfol, o’tgan oy lavozimga kirishgan diplomat, prezident Barak Obamaning region bo’yicha yaqin maslahatchisi edi. Rossiya davlat telekanallari uni “arab bahorini targ’ib qilish uchun Vashingtondan yuborilgan” deya qoralashga tushgan.

Bu shunchaki saylovoldi chirkin siyosatmi yoki Vashington-Moskva orasida so’nggi payt erishilgan iliqlik poyoniga yetmoqdami? Aytish qiyin.

Moskvadagi Karnegi tahlil markazi eksperti Nikolay Petrov fikricha, AQShga tanqid toshlarini otib o’z reytingini oshirish Putin uchun ajoyib imkoniyat va undan foydalanyapti.

Saylovga atigi uch hafta vaqt qolgan. Putinga dushman obrazi kerak, deydi u. “AQSh dunyoning eng qudratli davlati ekan, bu rolga tanlangani bejiz emas”.

Ekspertlar: Putin AQShga zahrini sochib, o’z reytingini oshiryapti

Ekspertlar: Putin AQShga zahrini sochib, o’z reytingini oshiryapti

Bu xavfli o’yin, deydi siyosatdonlar. Chunki AQSh elchisini badnom qilish harakatlari saylovdan keyin ham davom etsa, prezident Obama Rossiya bilan aloqalarga hozirgidek diqqat qaratmay qo’yishi, bundan foyda yo’q, deya xulosa qilishi mumkin.

Ayrim ekspertlar nazarida, hozirgi ziddiyatlar vaqtincha. “Saylovda yutib chiqish uchun Kreml qo’llayotgan strategiya bu”, - deydi siyosatdon Mark Feygin.

AQSh elchisi Maykl Makfol Rossiya televideniyesida deyarli har kuni tanqid qilinsa-da, lavozimida qoladi. Prezident saylovlaridan so’ng Kreml AQSh bilan munosabatlarni yaxshilashga tushadi, degan fikrlar yangramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG