AQSh sobiq elchisi: Putin Ukraina mojarosini hal etishni istamaydi

  • Amerika Ovozi

Maykl Makfol, 15-mary, 2013. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi oldida olingan surat.

Maykl Makfol, 15-mary, 2013. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi oldida olingan surat.

AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol deydiki, Prezident Vladimir Putin Ukraina bilan mojaroni hal qilishni istamaydi. Bu masala yechimidan u manfaatdor emas, deydi Makfol.

"Amerika Ovozi" bilan suhbatda, sobiq diplomat Putin Ukrainaga bosimni ushlab turish yo'lini topdi va uni boy bermaydi, dedi.

Diplomatiya ish bermaydi, deydi Makfol. Putinga nufuz kerak. Reygan davri, Gorbachyov davri degandek, Putin ham o'z davriga ega bo'lmoqchi. Farqi shundaki, bu prezidentlar diplomatiyaga ishongan. Gorbachyov Amerikaga dushman sifatida qaramagan. Putin esa buning aksi, deydi Makfol.

AQSh demokratiyaga urg'u beraverishi kerak, ammo hozirgi Rossiya bilan til topisha olmasligi mumkin.

O'tgan bir yil ichida Ukraina sharqida rossiyaparast kuchlar va mamlakat armiyasi orasidagi janglarda olti mingdan ortiq fuqaro va harbiylar halok bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG