Amerika, Rossiya Suriyadagi parvozlar borasida murosaga yaqin

  • Amerika Ovozi

Rossiya Suriyada "Islomiy davlat" pozitsiyalarini bombardimon qilishga kirishganidan beri Amerika va rus samolyotlari to'qnashib ketishi ehtimoli oshgan.

Rossiya Suriyada "Islomiy davlat" pozitsiyalarini bombardimon qilishga kirishganidan beri Amerika va rus samolyotlari to'qnashib ketishi ehtimoli oshgan.

Pentagonning bildirishicha, Rossiya va Amerika bugun, seshanba kuni Suriyadagi parvozlar xavfsizligi yuzasidan memorandum imzolashi mumkin. Taraflar uch bora muzokara qilgan.

Pentagon matbuot kotibi kapitan Jeff Deyvisning aytishicha, Qo'shma Shtatlar va Rossiya Suriya uzra parvoz qilayotgan pilotlar xavfsizligini ta'minlash borasida murosaga yaqin.

Rossiya Suriyada "Islomiy davlat" pozitsiyalarini bombardimon qilishga kirishganidan beri Amerika va rus samolyotlari to'qnashib ketishi ehtimoli oshgan.

Deyvisning ta'kidlashicha, bu kelishuv Suriyada ikki mamlakat olib borayotgan keng ko'lamli harbiy amaliyotlarni o'z ichiga olmaydi.

Amerika tomonining tushuntirishicha, gap faqat AQSh va Rossiya jangovar samolyotlari orasida masofani saqlash va bir xil radio chastotalardan foydalanish haqida ketmoqda. Deyvis Qo'shma Shtatlar Rossiyaning Suriyada qilayotgan har bir harakatiga qarshi ekanini eslatadi.

Amerika boshliq koalitsiya bir yildan oshibdiki, Suriyada "Islomiy davlat" nomli jangari to'daning manzillarini urib keladi.

Rossiya ham "Islomiy davlat", ham boshqa terrorchi guruhlarni bombardimon qilayapmiz, deydi. Vashingtonning e'tirozi shuki, ruslar amalga oshirayotgan havo hujumlarining ko'pi "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi qaratilayotgani yo'q.

Damashq, Suriya

Damashq, Suriya

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG