Rossiyada noqonuniy migrantlarning aksariyati O'zbekistondan

  • Amerika Ovozi

Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiyning bildirishicha, mamlakatda pul topayotgan migrant ishchilarning 3,3 millioni noqonuniy ravishda yuribdi. Ularning Rossiyada yashash yoki ishlashga haqqi yo'q, deydi rasmiy.

"Interfaks" axborot agentligi ham bu borada xabar tarqatgan. Muhojir mehnatkashlarning ko'pchiligi megapolislarda, yirik shaharlar va ularning atroflarida ishlaydi.

Romodanovskiyning aytishicha, noqonuniy migrantlarning aksariyati O'zbekistondan, jami 900 mingga yaqin. Ikkinchi o'rinda Ukraina, yarim milliondan oshadi. Uchinchi o'rinda esa Tojikistondan borib, hujjatsiz ishlayotganlar, 400 ming.

Umuman olganda, migratsiya xizmatiga ko'ra, Rossiyada bugun 10,2 million chet ellik bor. Ulardan atigi 1,5 millioni ishlash uchun ruxsatnomaga ega.

Migrant ishchilarning aksariyati O'zbekiston fuqarolari, ya'ni ajnabiylarning 23 foizi - 2 million, 318 nafar odam.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG