Rossiya yo'lovchi samolyoti nima uchun quladi?

  • Amerika Ovozi

Sankt-Peterburgning "Pulkovo" aeroportiga kiraverishda odamlar marhumlarni xotirlayapti.

Sankt-Peterburgning "Pulkovo" aeroportiga kiraverishda odamlar marhumlarni xotirlayapti.

Rossiya rasmiylarining aytishicha, rus yo'lovchi samolyoti Misrda halokatga uchrashi ortida tashqi sabablar turibdi. Samolyot yerga tushmasdan oldin parchalanib ketgani aytiladi.

224 kishi ketayotgan yo'lovchi layneri shanba kuni Sinay yarimoroli uzra qulagan. Kogalimaviya aviakompaniyasining samolyoti Misrdan Sankt-Peterburgga uchayotgan bo'lgan.

Kompaniya rasmiylarining ta'kidlashicha, layner to'satdan qulay boshlagan, goyoki unga tashqaridan ziyon qilinganday. Texnik nosozlik bo'lishi mumkin emas, deb hisoblaydi mutasaddilar.

Yo'lovchilarning deyarli barchasi Misrda dam olib qaytayotgan rossiyalik sayyohlar va yana uch ukrainalik bo'lgani ma'lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG