Breaking News

Kuzatuv kameralaridan foydalanish qanchalik xavfsiz?


Dunyoni kameralar orqali kuzatayotgan sayt
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:26 0:00

Rossiya saytlaridan birida e'lon qilingan tasvirlar hayotimizning begona ko'zlarga dasturxon ekani haqidagi bahslarni kuchaytirdi. Saytda butun dunyo bo'ylab o'rnatilgan minglab kuzatuv kameralaridagi tasvirlar jonli uzatilmoqda.

Insecam.org deb nomlanuvchi sayt butun dunyodan videotasvirlarni ko'rsatadi.

Komputer xavfsizligi bo'yicha mutaxassis Tayron Uilson saytni ko'rib ajablandi.

Sayt boshqalarning shaxsiy hayotini va jamoat joylarini ko'rish uchun darcha ochib bergan.

AQSh Federal Teleradio agentligi mutaxassisi Andre Mendes texnologiyani ikki tomonlama qilichga o'xshatadi.

"Juda qulay, foydali bo'lgan narsalar bor. Shu bilan birga, xavfsizlik bo'yicha xavotirlar ham mavjud. Ko'plab odamlar g'arazli maqsadlar yo'lida shundan unumli foydalanishga urinadi", - deydi u.

Uilsonga ko'ra, saytdagi narsa aslida zararli bo'lmasligi mumkin, lekin xavfsizlik uchun xatari bor.

"Kimningdir uyini tomosha qila olishingizning o'zi jismoniy tahdid uchun asos bo'la oladi", - deydi u.

Osiyo, Afrika, Yevropa va Amerikadan minglab kameralar saytga ulangan. AQShning o'zidan 6000 tacha jonli tasvir bor.

"Maxsus kodlar yordamida kamera tasvirlarini ko'chirib olishadi", - deydi Uilson.

"Shu yo'l bilan istalgan odamni shantaj qilish mumkin. Sizni nishonga olishlari mumkin", - deydi Mendes.

Hatto videokamera o'rnatilgan joyning manzili xaritada ko'rsatilgan. Bu esa xavfsizlik bo'yicha xavotirlarni yanada oshiradi. Shunday ekan, bugungi murakkab davrda hayotimiz qanchalik xavfsiz?

"Afsuski, xavfsiz emasmiz", - deydi Mendes.

Vebsaytni sudga berish mumkinmi?

"Bu juda qiyin masala", - deydi Uilson.

Mendes ham, Uilson ham, texnologiyaning bunday suiiste'mol qilinishiga qarshi.

"Internetda ishlatish uchun sotiladigan kameralarning aksariyatida linzani to'sadigan qoplama bo'ladi. Shu pastga tushirib qo'yilsa, odamlar osonlikcha uni boshqara olmaydi", - deydi Mendes.

Mutaxassis fikricha, yangi texnologiyalar to'g'ri sozlanmasa, boshqalarning ularga kirib olishi ehtimoli oshadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG