Breaking News

Yaman prezidenti Abdulla Solih vatanga qaytmasligi mumkin


Yaman prezidenti Abdulla Solih vatanga qaytmasligi mumkin
Yaman prezidenti Abdulla Solih vatanga qaytmasligi mumkin

YAMAN

Poytaxt Sano ko’chalari bayramona kayfiyat … minglab odamlar prezident Ali Abdulla Solih mamlakatni tark etganini olqishlamoqda, “g’alaba” degan hayqiriqlar quloqqa chalinadi.

Juma kuni prezident saroyiga qilingan hujumda Abdulla Solih va qator boshqa rasmiylar jarohatlangan edi. Barchasi muolaja uchun Saudiya Arabistoniga yo’l olgan.

Yamanda bir necha oydan beri davom etayotgan g’alayonlar sabab mamlakat urush yoqasiga kelib qolgan. 33 yillik rahbar avvaliga iste’fo berishga ko’ngan edi, ammo fikridan qaytdi.

Yaman prezidenti Abdulla Solih vatanga qaytmasligi mumkin
Yaman prezidenti Abdulla Solih vatanga qaytmasligi mumkin

Ayni damda Yaman vitse-prezidenti Obid Rabbo Mansur muvaqqat rahbar sifatida ko’rilmoqda. AQSh elchisi Jerald Fayerstayn u bilan muloqot qilgan.

Prezident Ali Abdulla Solih vatanga qaytmasligi mumkin, degan taxminlar bor. Shunga qaramay, poytaxt Sano va janubdagi Taiz shahrida bugun otishma va portlashlar davom etyapti. Prezident saroyi yaqinida to’rt askar otib o’ldirilgan.

Hukumat va muxolifat, armiya bilan olishayotgan qabilalar Saudiya Arabistoni vositachiligida kecha yangi sulhga erishdi. Qabila yetakchisi Shayx Sodiq al-Axmar va unga sodiq kuchlar prezident iste’fosini talab qilib keladi.

Yanvar oyida boshlangan g’alayonda hozirgacha 400 dan ziyod odam halok bo’lgan.

Yaman prezidenti Abdulla Solih vatanga qaytmasligi mumkin
Yaman prezidenti Abdulla Solih vatanga qaytmasligi mumkin

LIVIYA

NATO samolyotlari Liviya rahbari Muammar Qaddafiyni hokimiyatdan ketkazishga qaratilgan hujumlarni davom ettiryapti.

Bugun poytaxt Tripolidagi harbiy garnizonlar nishonga olindi.

Xalqaro koalitsiya yerga yaqin masofada uchib, mo’ljalni aniq nishonga oladigan jangovar vertolyotlarni qo’llay boshladi.

Rossiya bundan norozi. Bosh vazir vazir muovini Sergey Ivanov so’zlariga ko’ra, NATO strategiyasi bora-bora Liviyaga qo’shin kiritish bilan yakunlansa ajabmas.

Kreml Liviya muxolifati joylashgan Bing’ozi shahriga elchi jo’natgan.

XS
SM
MD
LG