Rasmiylar: Asiana uchuvchisi tajribasiz edi

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreyaga qarashli, kuni-kecha San-Fransiskoda qulagan samolyot uchuvchisi hali treningdan o’tayotgan, Boeing 777 rusumidagi avialaynerda birinchi bor qo’nayotgan bo’lgan. Undan tajribaliroq pilot faqat trener, yordamchi vazifasida edi, deydi rasmiylar.

Amerika mutasaddilarining aytishicha, halokatga nima turtki berganini hozir aytish qiyin. Biroq dastlabki ma’lumotga ko’ra, samolyot qo’nish paytida yerga juda yaqin uchayotib, pilot qaysidir payt yana parvoz qilishga uringan.

Ammo kechikkan va halokat natijasida ikki yo’lovchi jon berib, o’nlab nafari jarohatlangan. O’lganlar – xitoylik 16 yoshli ikki o’smir qiz ekani ma’lum. Ular yana 30 o’quvchi va muallimi bilan AQShda yozgi ta’tilga safar qilayotgan bo’lgan.

Samolyot Shanxaydan Seulga, so’ng San-Fransiskoga yo’l olayotgan edi.

Asiana havo yo’llari rasmiylarining so’zlariga ko’ra, halokat paytida ob-havo yaxshi, samolyotda biror nosozlik yo’q edi. Yo’lovchilar xitoy, koreys va amerikaliklar bo’lgani ma’lum. Asiana Janubiy Koreyaning eng yirik kompaniyalaridan.

Amerika rahbari Barak Obama marhumlar va jabrlanganlar oilalariga hamdarlik izhor etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG