Sanders prezidentlik uchun Klinton nomzodini qo'llab-quvvatladi

  • Amerika Ovozi

Senator Berni Sanders (o'ngda) prezidentlik uchun nomzod Hillari Klinton bilan, Nyu-Gempshir, 12-iyul, 2016-yil.

Senator Berni Sanders (o'ngda) prezidentlik uchun nomzod Hillari Klinton bilan, Nyu-Gempshir, 12-iyul, 2016-yil.

Vermont shtatidan senator Berni Sanders AQSh prezidentligi uchun Demokratlar partiyasidan Hillari Klintonni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

Sanders va Klinton Nyu-Gempshirda saylovchilar bilan bo'lgan uchrashuvda sahnaga birga chiqdi. Shimoliy Karolinada bo'lgan oxirgi yig'inda Hillari Klinton bilan birga Prezident Barak Obama ham ko'rinish bergan edi.

Klinton vakilining aytishicha, ular birgalikda kuchliroq Amerkani bunyod qilish, hamma uchun ishlaydigan iqtisodiyot qurish bo'yicha kelishib olgan.

O'zini demokrat-sotsialist deb ta'riflaydigan Sanders bu yig'inda Klintonni nomzod sifatida rasman qo'llab-quvvatlashidan oldin bir qator masalalarda Klinton bilan suhbatlashgan.

Klinton Nyu-Gempshirdagi chiqishida Sanders olg'a surgan ko'plab ijtimoiy masalalarni tilga oldi.

Bu shtatda fevral oyida kechgan ichki partiyaviy saylovda Sanders Klintondan 22 foiz farq bilan g'alaba qozongan edi.

Millionlab tarafdorga ega Sanders oliy ta'lim, sog'liqni saqlash hamda soatiga kamida 15 dollar ish haqi to'lash kabi masalalarda Klinton bilan gaplashgan. Shuningdek, uning ayrim rejalari Demokratlar partiyasi platformasiga kiritilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG