Sanjar Umarov: AQSh O'zbekistonda avvalo yosh avlodni quvvatlashi kerak


2005-yilda O'zbekistonda moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Sanjar Umarov 2009-yilda G'arb bosimi ostida ozod etilganidan beri Amerikada yashaydi.

Hibsga olingan yilning boshida u "Serquyosh O'zbekistonim" koalitsiyasiga asos solib, O'zbekistonda siyosiy-iqtisodiy islohotlarni targ'ib qilib chiqqan. Qamalishining asosiy sababi deb uning muxolif faoliyati ko'rilgan.

Sanjar Umarov o'z chiqishlarida G'arb davlatlarini O'zbekistonga nisbatan faol siyosat olib borishga, xalq dardini tinglashga undab keladi.

25-iyun kuni AQSh Kongressida so'zlaganida ham Vashingtonni vatanida ijobiy va real o'zgarishlar yo'lida madad ko'rsatishga chaqirdi. Oliy Majlis bilan hamkorlik, siyosiy mahbuslar taqdiri va erkinlik targ'iboti xususida o'z mulohazalarini bildirdi.

Avvalo yoshlarni quvvatlash kerak, chunki avlodlar yangilanar ekan, ular bu nozik jarayonda ko'makka muhtoj, deydi Sanjar Umarov.

Davlat organlarida, nohukumat tashkilotlarda, xususiy sektorda, qolaversa dunyo bo'ylab bilim olib, mehnat qilib yurganlar orasida yangicha fikrlaydigan, o'zgarishlar qilishga intilayotganlar juda ko'p, deydi suhbatdosh.

Sanjar Umarov bugun nimalar bilan band? Hamon muxolifatdami? O'zbekistondagi vaziyat haqida qanchalik biladi?

Marhamat, intervyuni tinglang (video yuqorida):

"Amerika Ovozi", 26-iyun, 2015

"Amerika Ovozi", 26-iyun, 2015

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG