Saudiya Arabistoni shia ulamoni qatl etdi

  • Amerika Ovozi

 Shia ulamo Nimr al-Nimr suratini ko'targan namoyishchilar, 2014-yilda olingan surat

Shia ulamo Nimr al-Nimr suratini ko'targan namoyishchilar, 2014-yilda olingan surat

Saudiya Arabistoni 47 kishini terrorizmda aybdor topib, qatl etdi. Ular orasida mashhur shia ulamo Nimr al-Nimr ham bor. 2011-yilda bu shaxs hukumatga qarshi namoyishlarga boshchilik qilgan edi.

Shialar hukmron Eron hukumati al-Nimrning qatl etilishini qoralamoqda. "Al-Saud qirolligi bu jinoyat uchun javob beradi", - deydi Eron rasmiylari.

Livandagi shialar yetakchisi shayx Abdul Amir Kabalan ham by qarorning oqibatlari haqida ogohlantirmoqda.

Nimr al-Nimrning tarafdorlari deydiki, bu ulamo shialar huquqini himoya qilib, xalqni doimo tinch namoyishlarga undagan, zo'ravonlikka qarshi bo'lgan.

Saudiya Arabistonida o'tgan yili turli ayblovlar bilan 150 dan ziyod odam qatl etilgan. Bu dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichlardan.

Elchixona

Saudiya Arabistoni Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi. Bu qaror ekstremistlarga qarshi kurashda ikki mamlakat yaqinroq hamkorlik qilishiga yo'l ochadi, deydi rasmiylar.

Riyod va Bag'dod 1990-yilda Saddam Husayn Quvaytga bostirib kirganidan so'ng diplomatik aloqani uzgan edi. O'tgan yili Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Bag'dodda elchixonani qayta ishga tushirishga kelishib olgan.

Fors ko'rfazi davlatlari Iroqning shia hukumati bilan munosabatlarni yaxshilayotgani ko'zga tashlanadi. Ayrim tahlilchilar nazarida, "Islomiy davlat" ekstremistlar to'dasiga qarshi birgalikda kurashish shuni talab qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG