Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

  • Amerika Ovozi

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Yaman poytaxti Sanoda armiya prezident Ali Abdulla Solih ketsin deb namoyish ko’targan ommaga qarata o’t ochib, kamida 40 odamni o’ldirgan.

Davlat rahbari favqulloda holat e'lon qildi.

100 kishi jarohat olgan. Shaharda kecha ham to’qnashuvlar ro’y bergan edi. 85 odam kasalxonaga tushgani ma’lum.

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Yo’qsillik, korrupsiya va siyosiy bosimdan norozi fuqarolar yil boshidan beri namoyish qilib keladi.

Bugun Tayz va Adan shaharlarida ham chiqishlar kuzatilgan.

Yamanni 32 yildan beri boshqarib kelayotgan Ali Abdulla Solih xalq isyonidan tashqari mamlakatda o’rnashib olgan va xurujlar rejalayotgan al-Qoida xavfi bilan ham yuzlashmoqda.

Namoyishlar domiga tortilgan Bahraynda armiya hujumi oqibatida o’lgan fuqarolar bugun dafn etilmoqda.

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Poytaxt Manamada chorshanba kungi otishmada nobud bo’lganlar besh kishi ekani ma’lum.

Yosh faol Ahmad Faran jasadi hamon kasalxonada. Namoyishchilar uni yerga qo’yishga ruxsat bering, deb hukumatdan so’ragan.

Armiya bosimiga qaramasdan, muxolifat taslim bo’lmoqchi emas – tinch namoyishlar davom etishi kutilmoqda.

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Bahrayn rahbariyati bu chiqishlarni tugatish uchun uch oylik favqilodda holat e’lon qilgan. Joriy hafta muxolifatdan olti odam qamoqqa olingan va ular, jumladan, xorij davlatlari bilan aloqa qilganlikda ayblanmoqda.

Qirol Hamad bin Isa al-Halifa Saudiya Arabistonidan ming, Birlashgan Arab Amirliklaridan 500 zobitni taklif qilgan.

Ular hukumat idoralarini himoya qiladi. Yil boshida avj olgan chiqishlar shaharlarda qatnovni to’xtatib qo’ygan edi.

Bahrayn aholisining ko’pi shialar, namoyish qilayotgan ham ular. Siyosiy reformalar va sunniy hukumatdan adolat, tenglik talab qilmoqda.

Hukmron al-Halifa oilasi muxolifat bilan muzokara qilishga rozi. Lekin faollar qirol oilasi ketsin, boshqaruv parlamentga o’tsin, deydi.

Namoyishlar Bahrayn iqtisodiyoti, turizmiga qattiq ziyon qilishi aniq.

Saudiya Arabistoni qiroli qo’zg’olonlarni tinchitish uchun islohotlar, ko’proq maosh, millionlab dollar naqd pul holida mukofot-imtiyozlar, uy-joy va korrupsiyani tugatishga va’da berdi.

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Qo’zg’olonlar: Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman

Juma namozidan keyin so’zlagan 86 yoshli qirol Abdulla mamlakat xavfsizlik kuchlariga tahsin aytib, osoyishtalikni saqlagani uchun maqtadi. Xavfsizlik xizmati va adliya tizimini mustahkamlashini aytdi.

Xususan, davlat ishchilarining minimal oyligi 800 dollar bo’lib, yangi inshoot, turar-joylar uchun 66 milliard dollar ajratilib, huquq-tartibot tizimida qo’shimcha 60 ming ish o’rni yaratiladi.

Oy boshida Saudiya rahbarlari har qanday ommaviy yig’in va chiqishlarni man qilib qo’ygan edi. Shunga qaramay, qirollikda bir necha namoyishlar o’tdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG