Saudia Arabistonida shialar masjidiga hujum qilindi

  • Amerika Ovozi

Dammamdagi Imom Husayn masjidi yonida portlash sodir etildi. 29-may, 2015-yil.

Dammamdagi Imom Husayn masjidi yonida portlash sodir etildi. 29-may, 2015-yil.

Saudiya Arabistoni sharqida shialar masjidida bugun portlash ro'y berib, kamida to'rt odam nobud bo'lgan.

"Islomiy davlat" jangari guruhi bu uning ishi ekanini da'vo qilayapti.

Saudiya rasmiylari katta talofatlarning oldini olishga muvaffaq bo'ldik, deydi.

Jangari mingan mashina Imom Husayn masjidi yonida to'xtagan va politsiyachilar uni tekshirmoqchi bo'lgan payt jangari o'zini portlatgan.

Rasmiylar huquq-tartibot xodimlari o'z ishini xolis bajargani uchun bundanda ko'p talofatlarning oldi olindi, deydi.

Guvohlardan birining aytishicha, xavfsizlik xodimi mashinani masjidning ayollar o'tirgan bo'limiga yaqinroq joyda to'xtashiga ijozat bermagan.

Saudiya Arabistonida yana bir shia masjidi, Imam Ali masjidi 22-may kuni hujumga uchrasgan edi.

Saudiya Arabistonida yana bir shia masjidi, Imam Ali masjidi 22-may kuni hujumga uchrasgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG