Din

Haj paytida 1399 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

24-sentabr kuni minglab ziyoratchilar Mino tepaligidagi tor joydan o'tayotgan payt tiqilinchda yuzlab odamlar oyoq ostida qolib ketgan, nafasi bo'g'ilib o'lgan.

24-sentabr kuni minglab ziyoratchilar Mino tepaligidagi tor joydan o'tayotgan payt tiqilinchda yuzlab odamlar oyoq ostida qolib ketgan, nafasi bo'g'ilib o'lgan.

Saudiya Arabistonida bu yilgi haj amali paytidagi tiqilinchda kamida 1399 ziyoratchi jon bergan. Assoshieyted Press axborot agentligi ana shunday hisoblarni e'lon qilgan.

Qirollikning hisoblashicha esa o'lganlar 800 dan kam.

24-sentabr kuni minglab ziyoratchilar Mino tepaligidagi tor joydan o'tayotgan payt tiqilinchda yuzlab odamlar oyoq ostida qolib ketgan, nafasi bo'g'ilib o'lgan.

Eron 465 fuqarosi, Misr 148 fuqarosidan ayrilganini aytmoqda. Talofatlar orasida, jumladan, Indoneziya, Nigeriya, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlar fuqarolari bor.

Saudiya Arabistoni 769 odam jon berib, 934 kishi jarohatlanganini ta'kidlaydi va bu raqamlar to'g'ri ekanini aytadi. Halokat hanuz tergov qilinmoqda.

Yuzlab odamlarning hanuz daragi yo'q, shu bois talofatlar haqida aniq gapirishga hali erta.

Saudiya Arabistonining mintaqadagi raqibi Eron qirollikni chala ishlaganlikda, uquvsizlikda ayblab tandiq qilmoqda.

Tehron voqeani mustaqil tergov qilish kerak deb hisoblaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG