Breaking News

Shvetsiya va Saudiya Arabistoni o’rtasida diplomatik mojaro


Hotunan Yadda Rayuwa Ke Gudana A Sansanin ‘Yan Gudun Hijra Na Dadaab Da Ke Kenya.
Hotunan Yadda Rayuwa Ke Gudana A Sansanin ‘Yan Gudun Hijra Na Dadaab Da Ke Kenya.

Shvetsiya Saudia Arabistoni bilan qurol-yarog’ savdosi haqidagi ko’p yil avval imzolangan bir necha million dollarlik shartnomani bekor qilish arafasida.

Ikki taraf o’rtasidagi diplomatik mojaro shunday natijaga olib kelishi mumkin. Rasmiy Stokgolm Riyodni inson huquqlarini poymol qilishi uchun tanqid qildi. Bunga javoban Saudiya Arabistoni Svetsiyadagi elshicini chaqirib oldi.

Mojaro dushanba kuni Qohiradagi Arab yetakchilari sammitida boshlandi. Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Margot Vallstrom ayollar huquqlari haqida so’zlamoqchi edi, ammo saudiyaliklar bunga yo’l qo’ymadi. Arab delegatlar, shuningdek, Vallstromning saudiyalik bloggerni savalashni tanqid qilganini ham qoraladi.

Blogger va faol Raif Badaviy 2014-yil oxirida 1000 marta savalanish bilan jazolangan edi. Hukmning birinchi qismi – 50 marta savalash – yanvarda amalga oshirildi, keyingisi esa bir necha marta kechga qoldirildi. Bunga, xususan, xalqaro hamjamiyatning rasmiy Riyodga bosimi sabab bo’ldi.

Arab tashqi ishlar vazirlari saudiyaliklarga qo’shilib, Saudiya Arabistoni konstitutsiyasining shariatga asoslangani va shu bois Vallstrom tanqidi asossiz ekanini ta’kidladi.

“Shariat inson huquqlarini kafolatlaydi, insonlar hayoti, mulki, obro’ va qadr-qimmatini himoya qiladi. Sharhlar mas’uliyatsizlik, ularni qabul qilib bo’lmaydi,” deyiladi vazirlar tarqatgan rasmiy bayonotda.

Bugunda Forz ko’rfazi davlatlariga xalqaro hamjamiyat e’tibori oshgan, chunki bu mintaqa jihodchilar va “Islomiy davlat” jangari guruhi uchun mafkuraviy zamin bo’lin xizmat qilmoqda.

AQShning “Human Rights First” inson huquqlari tashkiloti chorshanba kuni Saudiya Arabistonini boshqa dinlarga nisbatan nafrat va adovat qo’zg’atayotgan ulamolarga maxsus imtiyozlar yaratayotganlikda ayblab chiqdi. Hisobot mualliflari Riyodni o’z ta’lim tizimi orqali ekstremist mafkurani tarqatayotganlikda, yoshlarni boshqa dinlar vakillariga nisbatan zo’ravonlik qo’llashga undayotganlikda aybladi.

Shuningdek, faollar Saudiya Arabistonini darsliklar va kitoblardan nafrat va adovat uyg’otuvchi g’oyalarni olib tashlash haqdagi va’dalarini bajarmayotganligi uchun nishonga oladi. Bu kitoblarda, xususan, gomoseksual odamlarni hamda islomdan boshqa dinga o’tganlarni o’lim jazosiga hukm etish kerakligi ta’kidlanadi, yahudiylar sotqin deya talqin qilinadi, nasroniylar esa islomga qarshi kurash olib borayotganlikda ayblanadi.

2008-yilda Saudiya Arabistoni rahbariyati shunday va’dalar berganidan keyin AQSh qirollikka nisbatan joriy etilgan savdo jazolarini bekor qilgan edi.

Saudiya ta’lim tizimi nafaqat qirollik ichida, balki boshqa mamlakatlarda ham katta ta’sirga ega. Vahobiylik g’oyalariga asoslangan darsliklar saudiyaliklar homiyik qiladigan o’quv dargohlarida qo’llaniladi. Dunyoda 210 islomiy markaz, 1500 masjid, 202 kollej va qariyb 2000 diniy maktab Saudiyadan mablag’I evaziga faoliyat yuritadi.

“Human Rights First” hisoboti muallifi, AQSh Kongressining sobiq xodimi Devid Veynberg xalqaro hamjamiyatni ogohlantiradi: “Xalqaro hamjamiyat “Islomiy davlat” guruhiga qarshi urushni yutsa-da, biroq radikal ekstremizmga qarshi keng ko’lamli kurashda mag’lubiyatga uchrashi mumkin, chunki Vashington va uning hamkorlari Saudiyada inson huquqlarining toptalishi va diniy adovatning qo’zg’ashi kabi muammolarga e’tibor bermayapti”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG