Saudiya Arabistoni iqtisodiy islohotlar rejasini e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Reja doirasida davlatga qarashli "Aramko" neft kompaniyasi ulushlarining besh foizini sotish ham ko'zda tutilgan.

Reja doirasida davlatga qarashli "Aramko" neft kompaniyasi ulushlarining besh foizini sotish ham ko'zda tutilgan.

Saudiya Arabistoni neftdan tushadigan daromadga asoslangan iqtisodiyotni o'zgartirish maqsadida uzoq muddatli yangi rejani e'lon qildi. Agar amalga oshsa, bu so'nggi bir necha o'n yillikning eng katta islohoti bo'lishi kutilyapti.

Islohotlar rejasi so'nggi yillarda neft narxi tushishi oqibatida og'ir yo'qotishlarga uchragan iqtisodiyotni qayta jonlantirishga qaratilgan. Mamlakat daromadning yangi manbalarini qidirmoqda.

Rejada ishsizlik va uy muammolarini yo'qotish, ehtiyojmand fuqarolarga suv va energiya subsidiyalarini berish ham ko'zda tutilgan.

Shuningdek, xususiylashtirish, keraksiz subsidiyalarni kesish hamda davlatga qarashli "Aramko" neft kompaniyasi ulushlarining besh foizini sotish kabi choralar amalga oshiriladi. Shaharlarni rivojlantirish uchun ikki trillion dollarlik jamg'arma ham yaratiladi.

"Saudiya nazari - 2030" deb nomlagan reja Vazirlar kengashi tomonidan 24-aprel kuni ma'qullangan.

Islohotlarning ijrosi oson bo'lmaydi. Byudjetining 70 foizi neftga qaram bo'lgan davlatda xarajatlarning katta qismi shu paytgacha soliq to'lamaydigan fuqarolar farovonligi uchun sarflab kelingan.

Fors ko'rfazi mintaqasining boshqa davlatlari - Quvayt, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari ham yaqinda yangi iqtisodiy islohot rejalarini e'lon qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG